Eron poytaxti Tehron şahrida bölib ötgan IranLab – xalqaro laboratoriya materiallari va uskunalari 11-xalqaro körgazmasida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddi xodimlari ham iştirok etdi.

Vazirlik xabariga köra, körgazma doirasida qişloq xöjaligini rivojlantiriş yuzasidan manfaatli muzokaralar ötkazildi.

Jumladan, Qişloq xöjaligi  vazirligi tizimidagi «Ma’muriy xöjalik xizmati» davlat muassasasi direktori xalqaro körgazma  doirasida qişloq xöjaligi sohasida qöllanadigan dronlar işlab çiqaruvçi Siran UAV kompaniyasi direktori Hadi Şarifian bilan uçraşdi.

Unda qişloq xöjaligida foydalaniladigan dronlarni Özbekistonda ham işlab çiqariş, kelgusida körsatiladigan texnik körik xizmatlarini yölga qöyiş böyiça muzokaralar ötkazildi.