Fuqaro organ xodimining videosini qanaqa maqsadda tarqatgani qanday aniqlanadi? Jamoatçilik nazoratini ta’minlamoqçi bölganlar qamalib ketmasligiga kafolat bormi? Senat qömitasi majlisida Kun.uz muxbirining şu savollari oçiq qoldi. Majlisda faollar va mas’ullar örtasida bahs kelib çiqdi.

Özbekistonda huquq organlari xodimlarining foto va videolarini ularni obrösizlantiriş maqsadida internetda tarqatganlik uçun jazo belgilaşni közda tutuvçi qonun Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida körib çiqilmoqda.

Qömitaning 15 yanvar kungi majlisida bu masala jamoatçilik vakillari – jurnalistlar va blogerlar iştirokida muhokama qilindi. Unda rasmiylardan senatorlar, qömita huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari qatnaşdi.

Mas’ullarning aytişiça, 2022 va 2023 yillarda öz xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlari fuqarolar tomonidan 253 marta foto va videotasvirga olinib, bu tasvirlar internetga tarqatilgan. Örganilgan videotasvirlarning 102 tasida haydovçilar yöl harakati qoidalarini özlari buzgan bölsa-da, xodimlarning xatti-harakatlariga notöğri izoh bergan holda ijtimoiy tarmoqlarga video joylaştirgan.

Tadbirda ta’kidlanişiça, “qator rivojlangan davlatlar” qonunçiligida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarini suratga oliş taqiqlangan.

Tadbirda Kun.uz muxbiri mas’ullarga quyidagi savollar bilan murojaat qildi:

  • Fuqaroning tasvirni tarqatişdan maqsadi nima bölgani (obrösizlantirişmi yoki yöq) qanday aniqlanadi? Sohadagi “ayrim nopok kimsalar” haqida xabar bermoqçi bölganlar nohaq qamalib ketmasligiga kafolat bormi?
  • IIV keltirayotgan vajlar va bu moddaning salbiy oqibatlari, xususan oçiqlik siyosatiga katta doğ tuşişi mumkinligi özaro taqqoslab körilyaptimi?

Qömita raisi Qutbiddin Burhonovning aytişiça, organ xodimining tasvirini tarqatişda fuqaro qanday maqsadni közlaganiga prokuratura organlari va IIVning yuqori turuvçi organlari aniqlik kiritadi. “Agar öşa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi aybdor bölsa, prokuratura organlari qonuniy baho beradi”, dedi u.

Ikkinçi savolga javoban, Burhonovning işonç bildirişiça, bu moddaning qabul qilinişi oçiqlik siyosatiga “umuman doğ tuşirmaydi”.