Germaniyadagi özbek energetigi Ravşan Xöjanov kömirga ötiş siyosati uzoq davom ettirilişi xato bölişini, soha uçun bu vaqtinçalik yeçim ekanini aytmoqda. Uning ta’kidlaşiça, kömir stansiyalariga faqat zaharli gazlar taşqariga çiqarilmagan taqdirda ötiş mumkin. “Bizning [Özbekistonning] stansiyalarimiz, kömirimiz Yevropa standartlariga javob bermasligi mumkin. Javob berişi uçun yangi texnologiya, yangi innovatsiyalar, investorlarni jalb qilişimiz kerak”, – dedi u Kun.uzʼga bergan intervyusida.

17 noyabrning keçidan boşlab Toşkentda çang aralaş quyuq tumanli havo kuzatilmoqda. Iqlimşunos Erkin Abdulahatov inversiya hodisasi kuzatilganda kömir kuli, qurumi va boşqa havoni ifloslantiruvçi moddalar uzoq muddat havoda muallaq turiş xususiyatiga egaligini eslatdi.

Esingizda bölsa, ança avvalroq Ekologiya vazirligi havoni ifloslantiruvçi asosiy manbalardan biri bu kömir va mazut çiqayotgan zaharli taşlanmalar ekanini aytgandi. Ayni vaqtda esa Özbekiston energetikasi kömirga ötiş siyosatini olib bormoqda.

Ammo köplab mutaxassislar bu vaqtinçalik yeçim ekanini, jarayonda boşqa muqobil variantlarni öylaş lozimligini aytişmoqda. Ayni şu haqda batafsil gaplaşiş uçun Kun.uz Germaniyadagi özbek energetigi Ravşan Xöjanov bilan suhbatlaşdi.

– Dastlab butun dunyoda hatto rivojlangan davlatlar ham kömirdan foydalanişga ötişayotgani haqida söramoqçiman. Nima sabab aynan kömirga ötiş tanlandi va bunga munosabatingiz qanday?

– Judayam töğri ta’kidladingiz, dunyoda rivojlangan davlatlar boşida kömir stansiyalaridan voz keçayotgan bölsa, hozir yana asta-sekin kömir stansiyalarini tarmoqqa ulaşmoqda. Buning öziga yaraşa turli xil sabablari: siyosiy-iqtisodiy sabablari bor. Germaniyaning misolida oladigan bölsak, Yevropada Germaniyada ança-munça kömir stansiyalari yopilgandi, yopilayotgandi va közda tutilmagan siyosiy sabablar, gaz yetişmovçiligi sababidan ötgan yildan taxminan 2 gegavatt kömir stansiyasini tarmoqqa uladi, bu majburiy, vaqtinçalik yeçim sifatida qilindi. Va bu kömir stansiyalari taxminan 3 tani, ularning umumiy quvvati 2 gegavattni taşkil qiladi. Bularni 2024 yilning bahorigaça işlatişmoqçi.