Qozoğiston Özbekiston va Xitoy bilan transçegaraviy daryolarda suv taqsimoti böyiça şartnoma imzolaş ustida işlamoqda. Bu haqda Qozoğiston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov hukumat yiğilişida ma’lum qildi.
Jumladan, u transçegaraviy suv oqimlaridan birgalikda foydalaniş, qöşni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi işlar haqida gapirdi. Qozoğistondagi sakkizta suv havzasidan yettitasi transçegaraviy hisoblanadi. Vazirlik transçegaraviy suv obektlaridan foydalaniş va ularni muhofaza qiliş böyiça muzokaralar guruhi a’zolarining vakolatini kuçaytiriş niyatida.
«2024-2030 yillarga möljallangan suv resurslarini boşqariş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasida Qozoğiston hukumati tomonidan Özbekiston va Xitoy bilan transçegaraviy suv obektlarida suvni birgalikda boşqariş, undan foydalaniş va taqsimlaş töğrisida şartnoma imzolanişi közda tutilgan. Bu davlatlararo suv munosabatlarini rivojlantirişga xizmat qiladi. Bundan taşqari, vazirlik Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida suv-energetika sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasini işlab çiqmoqda», dedi Nurjigitov.
Avvalroq, «Xalqaro suv oqimlaridan navigatsiyadan taşqari foydalaniş töğrisidagi qonun töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasi Qozoğiston parlamentida körib çiqilib, Senatga kiritilgan edi. Konvensiya butun dunyo böylab transçegaraviy daryolar, köllar va ular bilan boğliq yer osti suvlarini adolatli va barqaror boşqarişga yordam beruvçi xalqaro huquqiy asos hisoblanadi.

















