Xöjaobod tumani hokimi özgardi. Tuman hokimi Ötkirbek Şukurov öz arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Kun.uz manbasiga köra, u soğligi tufayli işdan ketgan.

Ötkirbek Şukurov 1983 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tuğilgan. 2011 yilda Andijon pedagogika institutini, 2012 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Şukurov Xöjaobod tumaniga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelayotgandi. Bungaça u Andijon viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlagan. 

Akmaljon Mirzaolimov Xöjaobod tumani hokimi vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlangan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Akmaljon Mirzaolimov 1979 yilda Qörğontepa tumanida tuğilgan. 2005 yilda Andijon qişloq xöjalik institutining iqtisodiyot yönalişini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Xöjaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oldinroq Guliston şahri hokimi soğliği tufayli lavozimidan ketgandi.