Fazoni egallayotgan Ilon Mask – Starlink loyihasi tarixi
|15:17 / 08.02.202453 19118 min
2018 yilda Falcon 9 raketa taşuvçisi fazoga ikkita sun’iy yöldoşni olib çiqdi. Bu – amerikalik milliarder Ilon Maskka tegişli SpaceX kompaniyasi işlab çiqqan yirik loyihaning boşlanişi edi. Kompaniya Yer yuzini fazodan turib internet bilan ta’minlaşni maqsad qilgan va sun’iy yöldoş sinov tariqasida uçirilgandi. Oradan qariyb 6 yil ötdi va kompaniya allaqaçon internet sotişni boşlab yuborgan.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Ilk sun’iy yöldoş 1957 yilda SSSRda uçirilgan. Şundan keyin kosmik poygaga AQŞ qöşilgan. Hozirgaça dunyoning juda köp davlatlari fazoga sun’iy yöldoş uçirgan. Ular orasida qöşni Qozoğistongaça bor.
Ma’lumotlarga köra, bugungi kunda fazoda 5 mingga yaqin aktiv sun’iy yöldoş bor. Yana şunçasi öz vazifasini bajarib bölgan va kosmik çiqindi sifatida parvoz qilib yuribdi.
Aktiv holda işlayotgan sun’iy yöldoşlarning asosiy qismi kuzatuv uskunalaridan iborat. Qolgani navigatsiya, Yer kurrasini tadqiqot qiliş va boşqa maqsadlar uçun işlayapti.
Fazoda yurgan sun’iy yöldoşlarning asosiy qismi AQŞ, Xitoy va Rossiyaga tegişli. Şuningdek, Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Yevropa kosmik agentligi, Kanada va Germaniya ham aktiv ravişda sun’iy yöldoş uçiruvçilar öntaligiga kiradi.
Fazoda uçib yurgan aloqa sun’iy yöldoşlardan biri
2022 yilda Yer yuzi böylab turli davlatlarning sun’iy yöldoşlarini fazoga olib çiqiş uçun 155 marta raketa taşuvçilar uçirilgan. Ulardan beştasida parvoz muvaffaqiyatsiz keçgan.
65 yildan buyon fazoga tinimsiz sun’iy yöldoşlar uçirilar ekan, kosmik apparatlarning eskirganlari kosmik çiqindiga aylanib bormoqda.
Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitobiga köra, hozirgi paytda fazoda 128 mln dona kosmik çiqindi bölaklari uçib yuribdi. Yana 10 yildan söng ularning soni yanada oşişi taxmin qilinmoqda.
Kosmik çiqindilarning hajmi oşib borar ekan, ular yangi uçirilayotgan sun’iy yöldoşlarga yoki odam uçirilayotgan kosmik kemalar uçun xavfli obektga aylanadi.
Masalan, 2021 yilda xalqaro kosmik stansiyaga kosmik çiqindilar kelib urilişi oqibatida unga qisman zarar yetadi. Agar zarar kölami kattaroq bölganida, u yerda işlayotgan kosmonavtlarning hayoti xavf ostida qolardi.
Sun’iy yöldoş aloqa xizmati tizimi ilk bor 1980-yillarda
Mavzuga oid
Motorola
kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. 1990-yillardan boşlab Amerikaning bir neçta kompaniyasi sun’iy yöldoş aloqa xizmatini körsatuvçi kompaniyalar taşkil etgan, ular öşa paytlardan boşlab aloqa sun’iy yöldoşlaridan foydalana boşlagandi.
Jumladan:
Iridium — AQŞdagi Iridium Communications Inc. sun’iy yöldoş telefon aloqa tarmoği. Bu tarmoq 1990-yillar örtalarida taşkil etilgan. Iridium orqali ilk qönğiroq 1997 yil yozda bölib ötgan. Hozirda fazoda Iridium tizimiga qaraşli 75 ta sun’iy yöldoş bor.
Gonets — Rossiyaga tegişli köp funksiyali sun’iy yöldoş telefon aloqa tarmoği. Ilk sun’iy yöldoşlar 1996 yilda uçirilgan. Ma’lumotlarga köra, hozirda fazoda Gonets tarmoğiga tegişli 18 ta sun’iy yöldoş bor.
SES — Lyuksemburgga tegişli sun’iy yöldoş aloqa tarmoği. Kompaniya 1986 yilda Société Européenne des Satellites nomi bilan taşkil etilgan. 2001 yilda SES Global deb nomlanadi, 2006 yilda SES körinişida qayta nom oladi. Hozir fazoda SES’ga tegişli 55 ta sun’iy yöldoş bor.
SES sun’iy aloqa yöldoşi
Foto: stock.adobe.com
SkySat – Amerikaning Planet Labs, Inc (avvalgi nomi Cosmogia, Inc) kompaniyasiga qaraşli sun’iy yöldoş kuzatuv tarmoği. Planet Labs kompaniyasini ilk bor 2010 yilda Cosmogia nomi bilan NASA’ning sobiq xodimlari taşkil etgan.
2013 yilda kompaniya SkySat sun’iy yöldoş kuzatuv tarmoğini işga tuşiradi. Hozirgi kunda fazoda Planet Labs kompaniyasiga tegişli 200 ga yaqin sun’iy yöldoş bor. Ulardan 18 tasi SkySat tarmoğiga tegişli.
ORBCOMM – Amerikaning ikkinçi avlod sun’iy yöldoş kommunikatsiya tarmoği. Uşbu tarmoq Orbcomm kompaniyasiga tegişli bölib, Sierra Nevada Corporation tomonidan işlab çiqilgan.
Hozirgi kunda fazoda ORBCOMM tarmoğining 18 ta sun’iy yöldoşi bor. Öşa paytda kompaniya yana 30 ta sun’iy yöldoş tayyorlab beriş böyiça şartnoma tuzgandi. Biroq bu loyihaligiça qolib ketadi.
Aslida, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Britaniya, Fransiya kabi davlatlarda ham fazoga sun’iy yöldoşlar töplamini olib çiqiş va ulardan aloqa va maqsadlarda foydalaniş rejasi avvaldan bor edi.
Biroq bunday loyihalar juda katta mablağni talab qilgani bois aksariyat davlatlarda işlar sustroq ketayotgandi. Ana şunday vaziyatda Ilon Maskka tegişli SpaceX kompaniyasi “otni tezroq qamçilab” qoldi.
Kompaniya Starlink sun’iy yöldoşlarini fazoga olib çiqa boşlagaç dunyoda yana kosmik poyga boşlandi. Şundan söng boşqa davlatlar ham ortda qolib ketmaslik uçun işlarni jadallaştirdi.
Ilon Mask
Foto: www.alamy.com
Starlink loyihasi tarixi
2015 yilda Vaşington ştatidagi Redmond şahrida SpaceX kompaniyasining tadqiqot va işlab çiqariş markazi oçilişida Ilon Mask ilk marta ommaga Starlink loyihasi taqdimotini ötkazgandi.
Öşanda u SpaceX kompaniyasining 4 000 ta sun’iy yöldoşdan iborat aloqa tizimi loyihasi haqida gapirib bergandi.
2016 yil noyabr oyida SpaceX Federal aloqa komissiyasiga 1 150 dan 1 325 kilometrgaça bölgan balandlikdagi orbitaga joylaştiriladigan 4 425 ta sun’iy yöldoş uçiriş uçun ariza topşiradi.
Ular dunyoning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi internetga kiriş imkonini berardi. Dastlabki bosqiçda fazoga 800 ta sun’iy yöldoş çiqarilişi rejalaştirilgan bölib, ularning har biri oğirligi 386 kilogrammdan bölişi kerak edi.
2017 yil mart oyida kompaniya Federal aloqa komissiyasiga qöşimça 7 518 sun’iy yöldoş uçun ariza beradi. Ularni dengiz sathidan 335 dan 345 kilometrgaça bölgan Yerga yaqin past orbitaga joylaştiriş reja qilingandi.
2018 yil 22 fevralda Kaliforniyaning Vandenberg aviabazasidan Falcon 9 raketa-taşuvçisi yordamida SpaceX kompaniyasi Starlink tizimi uçun Tintin-A va Tintin-B deb nomlangan ikkita tajriba sun’iy yöldoşini hamda Ispaniyaning radiorazvedka maqsadlarida foydalaniladigan PAZ sun’iy yöldoşini orbitaga çiqardi.
2018 yil 29 mart kuni Federal aloqa komissiyasi SpaceX kompaniyasining dastlabki 4 425 sun’iy yöldoşli aloqa tarmoğini yaratiş, joylaştiriş va ekspluatatsiya qiliş haqidagi arizasini ma’qullaydi.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlarini fazoga olib çiqqan Falcon 9 raketa-taşuvçisi
Foto: techcrunch.com
Komissiya qoidalari böyiça, barça sun’iy yöldoşlar 9 yil içida fazoga çiqarilişi lozim edi. Yana kamida 50 foiz sun’iy yöldoşdan 6 yil içida foydalanişni boşlaş kerak. Bu talab bajarilmasa, komissiya sun’iy yöldoşlar sonini faqat körsatilgan muddat içida fazoga çiqarilgan qurilmalar bilan çeklaş huquqiga ega edi.
2018 yil 15 noyabrda Federal aloqa komissiyasi ikkinçi arizani ham tasdiqlaydi va unda körsatilgan 7 518 ta sun’iy yöldoşni ham fazoga olib çiqişga ruxsat beradi.
2018 yil dekabr oyida AQŞ Harbiy havo kuçlari SpaceX bilan Starlink tizimining harbiy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatlarini örganiş uçun 28 million dollarlik şartnoma imzolaydi.
2019 yilda harbiylar sun’iy yöldoşlar tarqatayotgan internetning samaradorligini sinovdan ötkazişadi. Öşanda C-12J Huron harbiy-transport samolyoti internet tezligi 610 Mbit/sekund natija körsatadi.
2019 yil 24 may kuni SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa-taşuvçisi yordamida Starlink’ning 60 ta sun’iy yöldoşini 440 km balandlikka muvaffaqiyatli çiqardi.
2019 yil 10 sentabrda SpaceX prezidenti kompaniya 2020 yilda 24 gaça parvoz amalga oşirilişi va şundan söng mijozlarga xizmat körsatiş boşlanişi haqida ma’lumot beradi.
2019 yil oktyabr oyida kompaniya Federal aloqa komissiyasiga 20 ta ariza topşiradi. Ularda 238 dan 580 km balandlikda işlaş uçun yana 30 000 qöşimça Starlink sun’iy yöldoşlarini joylaştiriş uçun ruxsat beriş söralgandi.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşi
Foto: www.shutterstock.com
2020 yil fevral oyida kompaniya prezidenti Gvin Şotvell Starlink loyihasini SpaceX’dan ajratib, alohida kompaniya qiliş rejalaştirilayotganini aytib çiqadi.
2020 yil mart oyida kompaniya Starlink sun’iy yöldoşlari bilan aloqa qiliş uçun möljallangan 1 million foydalanuvçi terminali uçun litsenziya oladi.
Bu orada kompaniya bir neça marta fazoga uçirilişi rejalaştirilgan sun’iy yöldoşlarning balandligini özgartiriş böyiça ariza berib, ijobiy javob oladi.
2020 yil 20 mayda AQŞ Mudofaa vazirligi SpaceX bilan quruqlikdagi qöşinlar orasida Starlink orqali aloqani sinovdan ötkaziş böyiça 3 yillik şartnoma imzolaydi.
2020 yil oktyabr oyining oxirida SpaceX kompaniyasi jamoatçilikka aloqa tarmoğining beta-sinovlarini boşlaşini e’lon qiladi. Kompaniya sinovlarda qatnaşiş istagini bildirganlarga Starlink uskunalar töplamini 499 dollarga sotib oliş va xizmatlar uçun oyiga 99 dollar tölov qiliş tariflarini taklif etadi.
2020 yil dekabrda SpaceX kompaniyasi AQŞdagi internet yetib bormagan hududlarda yaşovçilarga yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaş dasturining birinçi bosqiçi doirasida Federal aloqa komissiyasi tomonidan ötkazilgan tanlovda ğolib çiqadi.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlari fazoda mana şunday körinişda uçib yuradi.
Foto: actualidad.rt.com
Şartnomaning umumiy miqdori 9,2 mlrd dollar edi. Kompaniya 35 ştatda 643 ming foydalanuvçini Starlink orqali internet bilan ta’minlaşi kerak edi. Kompaniya dastlabki 885,5 mln dollarni oladi. Qolgan pul kompaniyaning öz majburiyatlarini bajariş jarayonida 10 yil davomida ajratiladi.
2022 yil avgustda AQŞ HHK SpaceX bilan Germaniyadagi Ramştayn aviabazasida joylaşgan, Yevropa va Afrika aviatsiya qömondonligini qöllab-quvvatlaş uçun Starlink xizmatlaridan foydalaniş böyiça şartnoma imzolaydi.
Qiymati 1,92 mln dollarni taşkil etgan şartnoma 12 oyga möljallangan bölib, tomonlar kelgusida kattaroq va uzoq muddatli kelişuv böyiça ham bitim tuzişadi.
2023 yilda Starlink kompaniyasi Starlink sun’iy yöldoşlarini fazoga olib çiqiş böyiça 98 ta parvozni amalga oşirgan. Sönggi parvoz 2023 yil 28 dekabr kuni bölib ötgan.
Şu kuni Falcon-9 raketa taşuvçisi 23 ta sun’iy yöldoşni fazoga olib çiqdi. Umumiy hisobda kompaniya Starlink loyihasi böyiça 5 200 ta sun’iy yöldoşni işga tuşirgan.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlarining texnik tavsifi
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlari Xoll effekti asosida işlaydigan va elektr energiyasida harakatga keladigan dvigatellar bilan jihozlangan.
Bu dvigatellar yordamida sun’iy yöldoşlar harakat davomida öz orbitasida kötarilib tuşişi, manyovrlar qilişi, foydalaniş muddati tugaganda orbitasidan çiqib ketişi mumkin.
Dastlabki sun’iy yöldoşlarning oğirligi 260 kilogramm atrofida bölgan. Keyingilari biroz mukammallaştirilgandan söng 300 kilogrammdan oşgan.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlari şu taxlitda parvoz qiladi.
Foto: www.shutterstock.com
Starlink sun’iy aloqa yöldoşlari kosmik çiqindilar bilan töqnaşişdan qoçiş uçun AQŞ Mudofaa vazirligining kosmik çiqindilarini kuzatiş tizimidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Ularning röparasidan kosmik çiqindilar çiqqan vaqtda ular avtomatik ravişda manyovrlardan foydalanadi va muqarrar töqnaşuvlardan qoça oladi.
Har bir apparatga quyoş batareyasi, tört fazali antenna tarmoği, yulduzlar böyiça yönaliş datçiklar örnatilgan. Sun’iy yöldoşlar şakli tekis panel körinişida.
Mijozlar boşqa sun’iy aloqa tizimlaridan farqli ravişda Starlink sun’iy aloqa yöldoşlari bilan töğridan töğri foydalanmaydi. Ularga maxsus uskunalar töplami (terminal) beriladi. Mijozlar Starlink’ga ana şu töplam orqali ulanadi.
Töplamdagi “tarelka”ning diametri 61 sm bölib, u 50 santimetrli oyoqçalarga örnatiladi.
Starlink sun’iy aloqa yöldoşidan tarqalayotgan tölqinni avval şu terminal tutadi. Söng uyali aloqa qurilmalariga yetkazib beradi.
Foto: stock.adobe.com
Loyiha yuzasidan tanqidlar
Starlink loyihasida fazoga köplab sun’iy yöldoşlar çiqarilar ekan, bu iş kelajakda yomon oqibatlarga olib kelişi mumkinligini aytişmoqda.
Jumladan, ayrim astronomlar, Starlink loyihasining past orbitadagi köplab sun’iy yöldoşlari fazoni örganiş yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlarga va juda olisdagi obektlarni kuzatişga xalaqit berişi mumkinligini aytgan.
Xalqaro astronomiya ittifoqi bu borada taşviş bildirib, köp miqdordagi sun’iy yöldoş harakatlanişining salbiy ta’sirini hozirça heç kim yetarliça tuşunmayotganini bildirgan.
Dastlabki kuzatuvlar turli xavotirlarni tasdiqladi va Starlink sun’iy yöldoşlari tunda osmonning eng yorqin va tez harakatlanadigan obektlari bölayotganini körsatdi.
Nature Astronomy jurnalida çop etilgan turkum maqolalarda, astronomlar Yer orbitasida tobora oşib borayotgan yoruğlik ifloslanişi (svetovoye zagryazneniye) ularning kasb kelajagiga tahdid solayotgani haqida ogohlantirişgan.
Boşqa bir maqolada, tadqiqotçilar Çilidagi yirik observatoriyada olib borgan kuzatuv natijalarini yozişgan. Unga köra Yer orbitasida Starlink sun’iy yöldoşlari tufayli yoruğlikning ortişi bu observatoriyadan kuzatiş mumkin bölgan yulduzlar miqdorini qariyb 10 foizga kamaytirgan.
Kelajakda fazoda Starlink va boşqa kompaniyalarning sun’iy yöldoşlari köpayişi ortidan bu körsatkiç miqdori yanada pasayib boraveradi.
Starlink sun’iy yöldoşlaridan tarqalayotgan nur Yerdagi tadqiqotçilarga fazoni kuzatişda xalaqit bermoqda
Foto: twitter.com
Bunday tanqidlarga munosabat bildirgan SpaceX kompaniyasi dunyodagi yetakçi astronomik taşkilotlar bilan birgalikda iş olib borayotganini va ularning faoliyatiga Starlink sun’iy yöldoşlari xalaqit bermasligini ta’minlaşga urinayotganini ma’lum qilgan.
Kompaniya muhandislari kelgusida sun’iy yöldoşlarning asosi qora rang qilinişini va astronomik kuzatuvlarda aks etiş effektini kamaytiriş uçun iş olib borişayotganini aytgan. Biroq bunga amal qilişmagan.
Masalan, 2019 yil noyabrda fazoga çiqarilgan Starlink sun’iy yöldoşlari sirtiga maxsus qoplama qilinmadi. Oqibatda, atigi 19 ta zond qoronğida energiya izlarini qidiriş uçun möljallangan DECam (Dark Energy Survey) teleskopining işiga xalaqit beradi.
Agar SpaceX bir vaqtning özida fazoda işlaşga möljallangan sun’iy yöldoşlar sonini 12 ming donaga yetkazişni rejalaştirayotgani inobatga olinsa, bu astronomlar va teleskoplar uçun jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi.
Şuningdek, öz muddatini ötagan va foydalanuvdan töxtatilgan Starlink sun’iy yöldoşlari kelajakda fazoda kosmik çiqindilar miqdorini keskin oşirişi taxmin qilinmoqda.
Bunday çiqindilar Yer aholisi uçun xavf solmasligi mumkin, biroq kosmik parvozlar uçun yoki boşqa davlatlarning turli maqsadlarda uçirilgan sun’iy yöldoşlari uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Bundan taşqari, Starlink sun’iy yöldoşlaridan foydalanişi taqiqlangan davlatlar ularning özlariga jiddiy xavf sifatida foydalanişmoqda.
Masalan, Rossiya hukumati yuridik va jismoniy şaxslarga qonunlarni çetlab ötib, Starlink provayderidan foydalaniş uçun juda katta miqdorda jarima soluvçi qonunni qabul qilgan.
Xitoy hukumati esa Starlink sun’iy yöldoşlarini harbiy tahdid sifatida körib çiqmoqda va ular bilan kuraşiş uçun qurol yaratiş niyatida.
Starlink sun’iy yöldoş aloqalari şu taxlitda işlaydi
Starlink sun’iy yöldoşlaridan foydalana olmaydigan davlatlar
2022 yilda kompaniya öz saytida Starlink sun’iy yöldoşlaridan foydalanişi mumkin va mumkin bölmagan davlatlar xaritasini e’lon qildi.
Unga köra dunyoning qariyb barça davlatlari Starlink sun’iy yöldoşlaridan foydalanişi mumkin. Ulardan foydalana olmaydigan davlatlar quyidagiça:
· Rossiya;
· Afğoniston;
· Belarus;
· Venesuela;
· Kuba;
· Xitoy;
· Şimoliy Koreya;
· Suriya.
Loyiha boşlangandan buyon Starlink sun’iy yöldoşlari bilan boğliq ikkita noxuş hodisa sodir böldi. 2019 yilning sentabr oyi boşlarida fazoda Starlink-44 sun’iy yöldoşi va Yevropaning Aeolus sun’iy yöldoşi özaro töqnaşib ketadi.
Töqnaşuvga kompyuter tizimida sodir bölgan xatolik tufayli SpaceX operatori YeKA operatoridan xabarlarni olişiga tösqinlik qilgani sabab bölgan.
Foto: stock.adobe.com
Ikkinçi hodisa, 2022 yil 8 fevralda SpaceX kompaniyasi 3 fevral kuni uçirilgan Starlink sun’iy yöldoşlarning taxminan 40 tasini yöqotişi mumkinligini ma’lum qildi.
Bunga sun’iy yöldoşlar uçirilgandan söng sodir bölgan magnit böroni sabab bölgan. Böron fazoda sun’iy yöldoşlar joylaşadigan atmosferaning yuqori qatlamlarida ziçlikni oşirgan.
Bunday paytda keskin qarşilik tufayli sun’iy yöldoşlar zöriqiş bilan işlaydi. Oxirida bu ularning xavfsiz rejimdan çiqib tezlik olişiga tösqinlik qiladi. Oqibatda ular işdan çiqadi.