Senatning 29-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi hamda “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar rad etildi.

Himoya orderi talablarini buzish uchun javobgarlik o‘zgarishsiz qoldirildi

MJtKning 2061-moddasi amaldagi tahririga binoan, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanadi.

Senatga kiritilgan qonunda mazkur sanksiyadagi jarimani BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha kuchaytirish taklif etilgan edi. Qonun mualliflari bunga asos sifatida himoya orderiga qaramay, xotin-qizlarga nisbatan takroran tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik holatlari ortib borayotganini aytgandi.

Biroq, senatorlarning aytishicha, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha qonunchilikni ishlab chiqishga doir BMT tavsiyalarida oiladagi zo‘ravonlik sodir etganlikda ayblangan shaxslarga jarima solishni jabrlanuvchiga tushadigan yuk sifatida qarash va shuning uchun uni huquqbuzarlar uchun nomaqbul jazo turi deb hisoblash kerakligi nazarda tutilgan.

Shuningdek, "Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida"gi konvensiyaning 35-tavsiyasiga ko‘ra, himoya choralarini qo‘llash zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik natijasida jabrlangan xotin-qizlarga moliyaviy, byurokratik yoki shaxsiy xususiyatga ega haddan ortiq yukni qo‘llashni nazarda tutmasligi lozim.

Senatorlarning fikricha, bu qonunda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholining daromadlari, ularning ijtimoiy-psixologik holati, shuningdek, oilalarni saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro tashkilotlarning takliflari inobatga olinmagan.

Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan