Özbekiston davlat soliq qömitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning birinçi örinbosari lavozimida işlagan Abdusalom Yöldoşev 28 may kuni qölga olingan va Farğona vodiysi viloyatlaridan biri orqali Toşkentga keltirilgan.
Bu boradagi ma'lumotlarni Kun.uz’ning manbasi tasdiqladi.
Ayni paytda 51 yoşli Abdusalom Yöldoşev Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida uşlab turilibdi.
Joriy yilning yanvar oyida Qaşqadaryo viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida iş boşlagan A.Yöldoşev aynan qaysi jinoiy iş doirasida qölga olinganiga Kun.uz manbasi aniqlik kirita olmadi.
A.Yöldoşev öz mehnat faoliyatining turli yillarida Andijon viloyati va Toşkent şahrida davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlagan. 2012 yilning fevralidan Davlat soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari etib tayinlangan edi.
A.Yöldoşev qölga olinganidan bir kun ötib, 29 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişida Davlat soliq qömitasi sobiq rahbari, 11 may kuni lavozimidan ozod qilingan Botir Parpiyev va u yetakçilik qilgan tizimdagi ahvol haqida gapirgan edi.
Prezident Ş.Mirziyoyev videoselektor majlisida Botir Parpiyev töğrisida bunday degan:
«Yana bir muhim masala — mahalliy byudjyetga tuşum hajmi. Davlat soliq qömitasi rahbarini (Botir Parpiyevni — tah.) almaştirganim bejiz emas, sababi — bizda soliq tizimi yöq. Hali iş köp».
«Soliqda ham köp öyinlar bölgani, rahbariyati qanday işlar bilan şuğullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz», — degan prezident videoselektor majlisida.
«Soliqçining saviyasi yöq, desak, bu ham adolatdan böladi. Şuning uçun bugun topşiriq berdim, tegişli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boşlaş kerak — soliq tizimidagi Akademiyani ham, boşqasini ham. Quyi poğonadagi soliqçilar nima qiliş kerak, qanday işlaş kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan boğliq, mana şuni hamma bilişi kerak», — degan Şavkat Mirziyoyev.
2004 yildan buyon Davlat soliq qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan 72 yaşar general Botir Parpiyev joriy yilning 11 mayida prezident Ş.Mirziyoyev tomonidan öz vazifasidan böşatilib, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşi raisi etib tayinlangani haqida
















