Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tuğilgan Tillayev Sardorbek Sohib öğli va Şodmonova Setora Sohib qizi 2019 yil 7 may kuni soat 10:00larda özi tahsil olib kelayotgan 5-umumiy örta ta'lim maktabdan çiqib ketib, bedarak yöqolgan.

Tillayev Sardorbek Sohib öğli – 2004 yil 14 fevral kuni Vobkent tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta. Vobkent tuman «Kölxatib» MFY, Kölxatib-1 qişloğida yaşaydi. Tumandagi 5-umumiy örta ta'lim maktabida 9-sinfda tahsil oladi.

Tillayev Sardorbek Sohib öğli

Şodmonova Setora Sohib qizi – 2001 yil, 4 fevralda Vobkent tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti örta, turmuşga çiqmagan. Vobkent tuman «Kölxatib» MFY, Kölxatib qişloğida yaşaydi. Tumandagi 5-umumiy örta ta'lim maktabida 11-sinfda tahsil oladi.

Şodmonova Setora Sohib qizi

Qayd etilişiça, bu ikki öquvçining bir-biriga qarindoşçiligi yöq. Ma'lumotlarga köra, ular maktabdan birga çiqib ketişgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, ular viloyatning boşqa tumanlaridagi fermerlardan iş sörab, özlarini opa-uka deb taniştirgan.

Ular böyiça ma'lumotga ega bölganlar (0365) 770-02-75, 332-12-02, +99897 303-94-97 telefon raqamlari orqali yoki yaqin hududdagi içki işlar bölimiga xabar berişi söraladi.