2020 yilning yanvar oyidan 27 iyul kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida, noma'lum şaxs Vobkent tumani “Rabotoxun” MFYda joylaşgan kislorod işlab çiqariş şoxobçasida örnatilgan, 64 yoşli I.A.ga tegişli narxi 306 311 700 söm bölgan kislorod işlab çiqariş uskunasini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 50 yoşli A.I. sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda uşlangan.
Öğirlangan uskuna Xorazm viloyati Urganç şahrida faoliyat olib borayotgan MÇJ hududida ekanligi aniqlanib, örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

















