Kun.uz saytida 10 dekabr kuni «Vobkentdagi abgor köprik tuzatilişi söralganda, u yerda harakat taqiqlab qöyildi xolos» sarlavhasi ostidagi fotomurojaatda Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi «Özbakon» mahallasida joylaşgan Amu-Buxoro kanali ustidagi köprikning abgor holati haqida hikoya qilingan edi.

Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati tahririyatga mazkur murojaat yuzasidan rasmiy munosabat taqdim etdi.
«Murojaat örinli va bu manzildagi köprik ta'miri nihoyatda dolzarb, — deyiladi rasmiy munosabatda. — Bu borada Prezidentimizning 2019 yil 9 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasi yöl xöjaligi tizimini çuqur isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5890-sonli Farmoni hamda «Yöl sohasini boşqariş tizimini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4545-sonli qarori qabul qilindi.
Endilikda, jumladan, Buxoro viloyati hududidagi barça avtomobil yöllari va köpriklar 2020 yil 1 martga qadar töliq xatlovdan ötkaziladi. Xatlov natijalari asosida avtomobil yöllari va köpriklarning qaysi idora yoki taşkilotga mansubligiga aniqlik kiritilib, ta'mirtalab yöllar va köpriklarni davlat dasturiga kiritiş böyiça takliflar işlab çiqiladi.
Şunga muvofiq, Vobkent tumani «Özbakon» MFYdagi qişloq içki yölida Amu-Buxoro kanali ustidagi köprikni ta'mirlaş işlari tuman hokimi taklifiga asosan 2020 yil «Mintaqaviy yöllarni ta'mirlaş dasturi»ga kiritiladi va bundagi ahvolni tubdan yaxşilaş çoralari köriladi.
«Köprik avariya holatidaligi sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyat boşqarmasi hamda viloyat IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi özaro hamkorligida transport vositalari xavfsizlik harakatini ta'minlaş maqsadida köprikda tuproq uyumi töldirilib, piyodalar harakatlanişi uçun imkoniyat yaratildi va transport vositalari harakati çeklandi.

Hozirda transport vositalari harakatlanişi uçun mazkur avariya holatidagi köprikdan taşqari unça uzoq bölmagan, ya'ni 2–3 kilometr masofada boşqa yöl ham mavjud», — deya Vobkent tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lumoti keltiriladi munosabatda.

















