Kun.uz saytida 16 may kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida 2004 yilda tuğilgan Tillayev Sardorbek Sohib öğli va 2001 yilda tuğilgan Şodmonova Setora Sohib qizi 2019 yilning 7 may kuni soat 10:00larda özi tahsil olib kelayotgan 5-umumiy örta ta'lim maktabdan çiqib ketib, bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilişiça, bu ikki öquvçining bir-biriga qarindoşçiligi yöq. Ma'lumotlarga köra, ular maktabdan birga çiqib ketişgan.
Vobkent tumani içki işlar bölimining tahririyatga ma'lum qilişiça, olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari natijasida Vobkent tumanida yaşovçi bedarak yöqolgan S.Şodmonova va S.Tillayev 2019 yil 17 may kuni Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumani hududida topilib, ota-onasi bağriga soğ-salomat qaytarildi.
Suriştiruv davomida bu ikki öquvçi bilan suhbatlaşilganda, ular ota-onalari qarşilik qilişini taxmin qilib, heç kimga ma'lum qilmasdan Samarqand viloyatiga aylaniş maqsadida ketganini bildirişgan.

















