Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi galdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli farmonni imzoladi.
Farmon matniga köra, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning 5 asosiy yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasiga binoan, şuningdek, valyutaga oid tartibga solişning bozor mexanizmlarini joriy etiş, mamlakatning eksport salohiyatini oşiriş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qiliş, içki va taşqi bozorlarda milliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş, respublikada investitsion iqlim va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş maqsadida qabul qilinmoqda.
Farmonga köra 2017 yilning 5 sentabridan boşlab:
Özbekiston Respublikasi yuridik şaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovarlar, mehnatlar va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qiliş, kreditlarni söndiriş, safar xarajatlarini tölaş va boşqa savdoga oid bölmagan ötkazmalar) böyiça xorijiy valyutani tijorat banklaridan çeklanmagan miqdorda xarid qilişlari mumkin.
Özbekiston Respublikasi jismoniy şaxslari — rezidentlari tijorat banklarining konversion bölimlarida xorijiy valyutani erkin sotiş va xarid qilişlari mumkin. Bunda örnatilgan qoidaga köra, sotib olingan mablağlar xalqaro tölov kartalariga ötkazib beriladi va undan xorijda heç qanday çeklovlarsiz foydalaniş mumkin böladi.
Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan, lekin xorijdan iste'mol tovarlari importi bilan şuğullanuvçi xususiy tadbirkorlarga valyutani jismoniy şaxslar uçun örnatilgan tartibda xarid qilişga ruxsat beriladi.
Mulkçilik şaklidan qat'i nazar, eksport bilan şuğullanuvçilarning xorijiy valyutadan tuşumini majburiy sotiş talabi bekor qilinadi.
Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan xususiy tadbirkorlar, şuningdek, xorijiy valyutada daromadga ega bölgan fermer xöjaliklariga özlarining bankdagi hisobvarağidan naqd valyuta yeçib olişiga ruxsat beriladi.
Farmonga köra, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida quyidagi tartib örnatiladi:
- tovarlar (iş va xizmatlar) uçun xorijiy valyutada tölov qiliş taqiqlanadi, xalqaro amaliyotga mos ravişda xalqaro tölov kartalari bilan amalga oşiriladigan tölovlar bundan mustasno;












