Bir martalik moddiy yordam 8,9 mln fuqaroning yarmiga naqd, naqd bank kartasi orqali berilişi közda tutilgan. Bir martalik aksiyada jami 2,2 trillion söm mablağ tarqatilmoqda.

Moliya vazirligining ma’lum qilişiça, 25 maydagi prezident qaroriga asosan, Pensiya jamğarmasi hisobida turuvçi jami 4 mln 256 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvçilarga jami 1,3 trln söm quyidagiça miqdorlarda tölanmoqda:
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda yaşovçi pensioner va nafaqaxörlarga – 300 ming sömdan;
- Toşkent şahrida yaşovçi pensioner va nafaqaxör fuqarolarga – 400 ming sömdan.
Şuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 4 mln 647 mingdan ziyod kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvçi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvçi oilalarning har bir 18 yoşga tölmagan bolasiga – 200 ming sömdan moddiy yordam beriş uçun 929,5 mlrd söm mablağ ajratilgan.
Qarorga muvofiq, bir neçta toifa böyiça bir martalik moddiy yordam oliş huquqiga ega bölgan şaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa böyiça tölab beriladi.
















