Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi oçilganiga 1, 2, 3 va 4 kun bölgan firmalarni, ya’ni tender bölib ötayotgan vaqtda oçilgan yangi korxonalarni tenderlar ğolibi deb topgan.
Boşqarma subsidiya asosida işsiz aholiga tarqatiş uçun möljallangan yuzlab tikuv maşinalarini sotib oliş uçun ötkazgan tenderlarda boşlanğiç narxni 6 mln söm deb belgilagan, eng yaxşi taklifni tanlab oliş tartibidagi törtta tenderdan uçtasida boşlanğiç narx yakuniy narx bölib qolgan.
1-holat. 888 mln söm
16 noyabrdan 25 noyabrgaça tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 888 mln sömlik tenderda tender tugaşiga 4 kun qolganda oçilgan «SOLD IT 1111» MÇJ ğolib deb topilgan. 148 ta tikuv maşinasining har biri 5,9 mln sömdan sotib olingan (boşlanğiç narx 6 mln söm bölgan).
Davlat reyestriga köra, mazkur MÇJ 21 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, uning 100 foiz uluşiga Otajonov Laziz Abduazizoviç egalik qiladi.

2-holat. 726 mln söm
16 noyabrdan 23 noyabrgaça tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 726 mln sömlik tenderda tender tugaşiga 1 kun qolganda oçilgan «INTEND 045» MÇJ ğolib deb topilgan. 121 ta tikuv maşinasining har biri roppa-rosa 6 mln sömdan sotib olingan, boşlanğiç narx ham xuddi şunça bölgan.
Davlat reyestriga köra, mazkur MÇJ 22 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, uning 100 foiz uluşiga Azimjonov Abdullo Nozimjon öğli egalik qiladi.

3-holat. 900 mln söm
16 noyabrdan 23 noyabrgaça tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 900 mln sömlik



















