Termizda «Mehr-4» operatsiya o‘tkazilib, 24 nafar vatandosh Afg‘onistondan olib kirildi
Bugun, 2 mart kuni Surxondaryo viloyatini Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan bog‘lab turuvchi Hayraton ko‘prigida «Mehr-4» operatsiyasi amalga oshirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, O‘zbekistonning 24 nafar fuqarosi Afg‘onistondan olib chiqildi. Evakuatsiya qilinganlarning 19 nafarini bolalar tashkil etadi. Ularning 4 nafari yetim.
«Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlab berilgan va bugun o‘tkazilayotgan «Mehr-4» operatsiyasiga ko‘ra yurtimizdan qaysidir sabablarga yoki botil g‘oyalarga aldanib chiqib ketgan fuqarolarimiz qaytarilmoqda. Bugun ularning ko‘zlaridagi sevinch, vatan sog‘inchi ko‘rsatib turibdiki, yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlar tufayli tinchlik-totuvlik, inson haq-huquqlarini himoya qilish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
«Mehr» operatsiyasi davomida olib kelingan fuqarolarimiz yurtimizda inson qadr-qiymatini yuksak darajaga ko‘tarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni bilishlari va qalban his qilishlari kerak. Endi davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan mehr-muruvvat, afvga nisbatan ular o‘zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlashlari kerak bo‘ladi», — deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, xalqaro hadisshunoslik fanlari doktori Shukurullo Umarov.
Qayd etib o‘tish joizki, 2017 yildan 2020 yilgacha Afg‘oniston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda 86 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.
Afg‘oniston tomonidan Hayraton komissari Nuriddin Raufiy bu xayrli ishlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi o‘laroq amalga oshirilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Afg‘onistondan bugungacha olib chiqilgan fuqarolarning 23 nafari erkak, 16 nafari ayol, yana 47 nafari bolalar bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024