Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov Jinoyat kodeksining 205-moddasida (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda gumonlanmoqda. U ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu ma’lumotni Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi tasdiqladi.
Agentlik matbuot kotibi Ortiqxöja Norov rahbarining yanvar oyidan buyon işga çiqmaganini tasdiqlar ekan, jinoyat işi va ilgari surilayotgan ayblov haqida ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.
Xorijiy naşrlarda qayd etilişiça, Migratsiya agentligi mansabdorlariga qarşi oçilgan jinoyat işi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qözğatilgan va 3 yanvar kuni agentlik binosida tintuv ötkazilgan. Jinoyat işi doirasida yana uç mulozim söroqqa çaqirilgan, ularning ayrimlari hibsga olingan.
Şu yilning boşida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migratsiya agentligi ustidan nazorat qilişga mas’ul boşqarma boşliği qamoqqa olingan edi. U migrantlarga aviaçipta ustiga narx qöyib sotiş orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanayotgandi.
Ma’lum bölişiça, agentlikdagi hibsga olişlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinişi Janubiy Koreyaga işga yuboriş jarayonida yölga qöyilgan korrupsion sxemaning foş bölişi bilan boğliq. Biroq na Mehnat vazirligi va na tergov organi bu haqda heç qanday bayonot bergani yöq.
Özbekiston Boş prokuraturasi axborot xizmati Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi mansabdorlariga qarşi oçilgan jinoyat işi kim tomonidan qözğatilgan bölsa, şu organ ma’lumot berişi kerakligi, ayni paytda prokuratura organlari iş yurituvida bunday iş yöqligini bildirdi.
2010 yildan 2013 yilgaça Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida rahbar bölib işlagan, 2022 yilning martidan yana uşbu lavozimga qaytgan Afzal Ermatov 2018 yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda pora beriş) bilan ayblanib, jarima jazosiga hukm qilingan.
2022 yil 17 martdan boşliq vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan va 2022 yil 1 noyabrdan rasman tölaqonli boşliqqa aylangan. Avvalroq Kun.uz u v.b. qöşimçasidan xalos bölgani haqida heç qayerda ma’lumot berilmaganiga
















