Saytimizda I guruh nogironi, imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, hayotda öz örnini topib, boşqalarga ibrat bölib yaşayotgan haydovçi Murodjon Turobov haqida lavha e'lon qilgan edik.
Qahramonimiz moslaştirilgan maxsus maşinada taksiçilik kasbi bilan şuğullanişi va birovga oğirligini tuşirmay yaşaşi bilan köpçilikka ibrat böla olgandi.
Kuni keça quvonçli xabar oldik: Turobov Murod Xudoyquloviç prezident farmoni bilan “Jasorat” medali bilan taqdirlanibdi.
Tabriklaş uçun boğlanganimizda, Murod aka öz hayajonini yaşirmadi, öşa-öşa samimiy ohangda hammaga minnatdorlik bildirdi.
“Men haqimda lavha çiqarganlaringizdan keyin köpçilik köça-köyda ham taniydigan, rahmat aytadigan bölib qoldi. Yordam berişni istaganlar ham böldi hatto. Oldin ham aytganman – öz aravamni özim tortişga örganganman (mening kasbimga bu naql rosa töğri keladi-da).
Bu orada mahalla orqali mendan hujjatlar söraşdi. Hayron böldim, çunki bunaqa holat bölişini tasavvur ham qilmagandim-da. Xalqimiz, davlatimiz köpçilik qatorida meni ham yuksak mukofotlarga loyiq körganidan juda xursandman. Öşa lavha sarlavhasida aytilganidek, “Yaxşi niyat qilsangiz, yaxşi insonlarga röpara qilib qöyadi!” – deydi u.
Kun.uz jamoasi Murod akani bu mukofot bilan tabriklaydi.














