Şundan söng, kun yarmiga borib Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça körilayotgan çoralarga bağişlagan matbuot anjumani ötkazildi.
Anjuman yakunlariga köra, Özbekistonda infeksiya tarqalişining oldini oliş maqsadida barça ommaviy tadbirlar, jumladan, umumxalq sayllari töxtatilib, boğça, maktab va oliy ta'lim muassasalari karantinga yopilişi belgilandi.
Kun.uz muxbiri aholining vaziyatdan qay darajada xabardorligi va himoya çoralarini bilişi, qolaversa, savdo markazlaridagi ahvol bilan tanişiş maqsadida poytaxtdagi «Farhod» dehqon bozorida böldi.
Bozorda sotuvçi va xaridorlar bilan suhbat ötkazildi.
«Biz hozirça bu holatdan qattiq ta'sirlanganimiz yöq. Xudo bor, barçamizni özi asrasin. Köp qatori barçamizni asrasin. Şuningdek, gigiyena qoidalariga ham amal qilamiz», dedi bozordagi xaridorlardan biri.

Undan şaxsiy gigiyena qoidalaridan qançalik xabardorsiz, deya söraganimizda quyidagiça javob oldi:
«Bilişimça, bu ham grippning bir turi. Unga qarşi soğlom hayot tarzini keçiriş kerak».
Boşqa bir xaridor esa Özbekiston rahbariyati aholi salomatligini asraş böyiça kerakli barça işlarni qilayotganiga işonadi.

«Xalqimiz soğliği uçun kerakli odamlar har tomonlama mehnat qilayotganiga işonaman.
Xohlardimki, virus haqidagi xabarlarni barça öqisin va şu qoidalar böyiça harakat qilişsin.
Oilamiz bilan xabardormiz, koronavirusdan saqlaniş uçun qöllarimizni tez-tez yuvişimiz, iloji bölsa, yonimizda ham antiseptik vositalarni olib yurişimiz kerak.
Xalqimiz bu sinovdan ötib oladi, heç kim vahimaga tuşmasin. Bu qançalik qiyin bölmasin biz virusdan öta olamiz», deydi u.
Yana bir xaridorning fikriça, vaziyat qörqiş darajasida emas. «Öylaymanki, ahvol şu darajada bölganda bizni ana şu signalda ogohlantirişardi», deydi suhbatdoşimiz.























