KUN.UZ saytida «Riştonda auksionda mulk sotib olgan fuqaro çuv tuşdi(mi?)» nomli maqola e'lon qilingan edi. “Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi” DUK uşbu maqolaga munosabat bildirdi.

«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonçasi auksionlarning oçiq va şaffof muhitda, ortiqça byurokratik tösiqlarsiz ötkazilişi korrupsiyaga barham berişga, savdolarda fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlaşga xizmat qiladi», deyiladi munosabatda.

Ma'lumot berilişiça, şu kunga qadar, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasi orqali sud hujjatlarini ijro etişda 3800 ga yaqin mol-mulk muvaffaqiyatli realizatsiya qilingan.

Markaz bevosita örganilgan holat böyiça quyidagilarni ma'lum qildi:

“2018 yil 20 fevralda Byuroning Farğona şahar bölimi (davlat ijroçisi) tomonidan auksion savdosiga qöyilgan Rişton tumani Töqimaçi köçasi 17-uy manzilida joylaşgan köçmas mulk onlayn-auksion savdolari yuqorida qayd etib ötilgan talablar asosida ötkazilganligini ma'lum qilamiz. Bu auksionni ötkaziş jarayonida heç qanday kamçilikka yöl qöyilmagan. Auksionda ğolib (insofli egallovçi) Buvojonov Soyibjon Muminoviç deb topilgan va unga tegişli ravişda bayonnoma rasmiylaştirib berilgan. Fuqaro auksion savdolari orqali köçmas mulkni haqqoniy, halol yutib olgan. Tölovini töliq amalga oşirgan.

Qolaversa, da'vogar – “Özagrokimyosanoat” Farğona hududiy AJ tomonidan FIB Rişton tumanlararo sudiga yozgan da'vo arizasi yuzasidan, sud auksion bayonnomasini bekor qilişida «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonçasi tomonidan biron bir kamçilikka yöl qöyilganligi asoslantirib bermagan.

Qiziq holat. Auksion töğri ötkazilgan bölsa, bu yerda kim aybdor? Markaz ta'kidlaganidek, hammasi qonuniy ötkazilgan bölsa, nega fuqaro qonuniy auksionda yutib olgan mulkiga hali-hanuz ega çiqa olmayapti? Sudda “Özagrokimyosanoat” Farğona hududiy AJ tomonidan auksion ötkaziş böyiça kamçilik asoslantirib berilmagan bölsa, nima uçun sud qonuniy va insofli egallovçidan mulkni tortib olmoqda?

Uşbu holat Oliy sud tomonidan ham örganilişini va bu mavzu böyiça  munosabat berilişini kutib qolamiz.