Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
Tataristondagi chorva fermasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketdi. Ëng‘in bo‘lgan binodan yana 33 kishi xavfsiz tashqariga chiqib olgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojiada vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilib, vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini bildirdi.

Foto: Videodan kadr
24 dekabr kuni Tataristonning Malorechenskiy qishlog‘idagi chorva fermasida ishchilar yashayotgan uy yonib ketdi. Rossiya FVV ma’lumotlariga ko‘ra, binoda 39 kishi bo‘lgan, ularning 33 nafari xavfsiz tashqariga chiqib olgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida 6 kishining jasadi topilgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari.
300 kvadrat metr maydonda, tungi vaqtda sodir bo‘lgan ochiq yong‘in 4 ta texnika yordamida o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr jihozlarini ishlatish qoidalari buzilgani sabab bo‘lgan.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov fojiada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Qozon shahridagi O‘zbekiston konsulxonasi xodimlari ularning shaxsiga aniqlik kiritmoqda.
«Konsullik xodimlari mahalliy hukumat bilan hamkorlikda ishlamoqda, marhumlarning yaqinlari bilan bog‘lanilib, ularni O‘zbekistonga qaytarish masalasi ham hal qilinadi», — deyiladi Kun.uzʼga taqdim qilingan ma’lumotda.
17 dekabr kuni Rossiyaning Ulyanovsk oblastidan o‘tadigan federal trassada o‘zbekistonliklar boshqaruvidagi Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi
Jahon | 20:06
-
Rossiya armiyasiga yollangan mingdan ortiq o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi
Jahon | 19:55
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

18:55
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi

18:16
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

17:12
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi

14:41