Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin jahonning istalgan nuqtasida siyosiy qotilliklar tashkillashtirishdan uyalmayapti – Makkeyn
Foto: Ralph Freso/AP
Amerikalik senator Jon Makkeynning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyushtirilgan hujum uchun mas'uldir. Shuningdek uning fikricha, Rossiya yetakchisi jahonning istalgan nuqtasida siyosiy qotilliklar tashkillashtirishdan uyalmayapti. Bu haqda Sky News xabar berdi.
«Biz achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak: Kreml soyasida bo‘ladimi, yoki Angliyadagi tinch qishloqcha bo‘ladimi, Putin Rossiya davlati tomonidan rejalashtirilgan qotilliklarda ishtirok etish hamda umuman aybi bo‘lmagan guvohlar hayotini xavf ostiga qo‘yishdan uyalmaydi», - deya ma'lum qildi Makkeyn.
Shuningdek siyosatchining aytishicha, Putin Buyuk Britaniya siyosiy qotilliklar uchun yaxshi joy, deb hisoblamasligi kerak. Uning fikriga ko‘ra, agarda bu hodisaga javob qaytarilmasa, unda shunday voqealar «falokatli» bo‘ladi.
Makkeyn AQSh va Britaniyaning barcha ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi javob choralari ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:14
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
17:52 / 10.04.2026
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55 / 10.04.2026
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
18:40 / 27.03.2026