22 oktyabr kuni tongda Toşkent şahrida havo tarkibidagi PM2.5 zarraçasi JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 10 barobarga oşgan. Air Quality Index'ga köra, bu nosoğlom havo muhiti hisoblanadi va barça toifadagi insonlar salomatligi uçun xavf tuğdiradi.
Holat keyinroq, biroz yaxşilangan bölsada, havo tarkibidagi PM2.5 zarraçasi soni yuqoriligiça qolmoqda.

Joriy yil sentabr oyida ham şaharda havo ifloslaniş darajasi bir neça marta ortgandi. Kun.uz söroviga javoban Ekologiya vazirligi ifloslaniş manbalari haqida ma’lumot bergan edi.
Vazirlikka köra, respublikada havoning çang bilan ifloslanişi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, quriliş taşlamalari) omillar bilan boğliq. Şuningdek, kuçsiz şamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turğunligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi uçun şaroit yaratadi.
Eslatib ötamiz, 29 sentabr soat keçki vaqtda Toşkent şahrida RM2,5 mayda dispersli zarraçalar konsentratsiyasi 166 mkg/m3 ni taşkil etib, xalqaro IQair ma’lumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan şaharlar reytingida 2-örin deb e’lon qilingandi.

















