Bugun, 2 oktyabr kuni 9:00 holatiga köra, Toşkent şahrida havo tarkibidagi PM2.5 zarraçasi JSST tasdiqlagan me’yordan 8.4 barobarga köpaygan. Sentyabr oyida ham şaharda havo ifloslaniş darajasi bir neça marta ortgandi. Kun.uz söroviga javoban Ekologiya vazirligi ifloslaniş manbalari haqida ma’lumot berdi.
Vazirlik izohiga köra, respublikada havoning çang bilan ifloslanişi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, quriliş taşlamalari) omillar bilan boğliq. Şuningdek, kuçsiz şamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turğunligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi uçun şaroit yaratadi. “Bundan taşqari, şaharlardagi atmosfera qatlamlarining past şamollatilişi, şahar transportining köpligi, yöllarning tirbandligi, keng kölamli qurilişlar, yaşil hududlarning kamligi — bularning barçasi meteorologik şaroitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanişiga olib kelmoqda”, – deyiladi vazirlik izohida.
Ma’lumot uçun, Toşkent şahrida 638,8 mingdan ortiq transport vositasi mavjud, unga qöşimça ravişda bir kunda poytaxtga örtaça 150 mingdan 300 minggaça transport vositasi kirib keladi. Toşkent şahrida transport vositalaridan atmosfera havosiga çiqarilgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori 2021 yilda 212,4 ming tonna, 2022 yilda esa 403 ming tonnani taşkil etgan, ya’ni zararli taşlamalar 190,6 ming tonna (47,3 foiz)ga köpaygan.
Eslatib ötamiz, 29 sentabr soat keçki vaqtda Toşkent şahrida RM2,5 mayda dispersli zarraçalar konsentratsiyasi 166 mkg/m3 ni taşkil etib, xalqaro IQair ma’lumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan şaharlar reytingida 2-örin deb e’lon qilingandi.

















