«Tez yordam» dasturining navbatdagi sonida Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi Tibbiy standart va protokollarni işlab çiqariş bölimi boşliği Klara Yodgorova gidroksixloroxin preparatini koronavirusdan davolaşda işlatiş zararli ekani haqida söz yuritdi.
https://ok.ru/videoembed/1599266884287
Klara Yodgorovaning ta'kidlaşiça, gidroksixloroxin boşqa dorilar singari dastlab Xitoy tajribasida qöllanilgan. Mart oyida JSST köllanilayotgan preparatlarning samaradorligi böyiça dalillar oliş uçun «Xalqaro hamdöstlik tadqiqoti»ni ötkazgan. Unda koronavirusga çalingan 96 ming bemorning ma'lumotlari jamlanib, AQŞning Harvard va Şveytsariyaning Tsyurix universiteti olimlariga taqdim qilingan.
«Örganişlar natijasida gidroksixloroxinning koronavirusga qarşi nafaqat samarasiz ekani, balki ölim xavfini oşiruvçi ekani ham tasdiqlangan. Bularni hisobga olib, JSST 27 may kuni yangi vaqtinçalik qöllanma çiqarib, barça davlatlarga şuning asosida öz davolaş standartlarini qayta körib çiqişni tavsiya qilgan. 4 iyulda esa gidroksixloroxin va boşqa ayrim dorilarning zararli ekani haqida JSSTning bayonoti e'lon qilindi», – dedi Milliy palata vakili.
Klara Yodgorovaning sözlariga köra, Milliy palata ekspertlari va Soğliqni saqlaş vazirligi işçi guruhi birgalikda 30 iyun kuni ikkita yangi qöllanma – COVID-19’ni yengil şaklda ötkazib, uyda davolanayotganlar va oğir formada statsionarda davolanayotganlar uçun qöllanmalar işlab çiqqanini, ulardagi ma'lumotlar 13 iyul kuni Soğliqni saqlaş vaziri buyruği bilan tasdiqlanib, çop etilganini va mazkur qöllanmadan gidroksixloroxin olib taşlangan.
«Ayni paytda bu protokolga amal qiliş şifokorlar uçun juda muhim hisoblanadi. Çunki bu yerda gap har bir inson hayoti haqida ketyapti. Biz JSSTning qöllanmalari asosida işlaşimiz lozim, heç qaysi davlat biz uçun namuna emas. Biz ham JSSTning a'zo davlati sifatida davolaş tizimimizga eng yangi qöllanmalarni kiritişimiz lozim», – dedi mutaxassis.
Şuningdek, Klara Yodgorova dastur boşlovçisi – Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonovning savollariga javoban, körsatuvning oldingi sonlaridan birida gidroksixloroxinning samarasiz ekani haqida fikr bildirgani uçun tahdidga uçraganini ma'lum qildi.

















