Har mavsumda shu bo‘lar takror. Qashqadaryoda yana chigit mashmashasi boshlandi
Chigit mahsulotini viloyatdan olib chiqib ketishga to‘siq vazifasini Bosh prokuratura huzuridagi departament va IIB YHXB bajarmoqda. E’tiborlisi, Surxondaryo yoki Buxorodan olib ketilayotgan chigit e’tirozsiz o‘tkazib yuborilmoqda.
2022 yil 19 dekabr kuni Ko‘kdala tumanidagi “Umakay” postida yana tadbirkorga tegishli chigit ushlab qolingan. Tadbirkorga ko‘ra, mahsulotga oid barcha hujjatlar prokuratura departamenti tomonidan olib qo‘yilgan va hech qanday izoh berilmagan.
Jizzax viloyatida faoliyat olib borayotgan “PAXTAKOR SIFAT YOG‘” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rahmat Ko‘ralovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, yettita yuk mashinasidagi 150 tonnadan ortiq mahsulot Qashqadaryo viloyatidan chiqarilmayapti. Bunday havoda chigit namlanib, zararlanish ehtimoli yuqori.
MChJ rahbari Ko‘ralovga ko‘ra, mahsulot birja savdolari orqali xarid qilingan va barcha hujjatlari mavjud. 19 dekabr kuni YPX xodimlari hech qanday asossiz mahsulot xarid qilinganiga oid hujjatlarni olib qo‘ygan. Yuk mashinalari egalarining haydovchilik guvohnomalari ham qaytarib berilmagan.
“Mahsulotni yetkazib berish uchun yuk mashinalari Qashqadaryo viloyatidan yollangandi. Mana, oradan ikki kun vaqt o‘tdi hamki, mahsulotimiz qo‘yib yuborilmadi. Haydovchilar ushlab turilgan har bir kun uchun mendan qo‘shimcha haq talab qilishadi. Qolaversa, “Umakay” hududida havo harorati ancha past, mahsulotimizga zarar yetyapti. Bizni yo‘lda istagan tashkilot to‘xtatib, qo‘liga taqdim qilgan hujjatlarimizni bir necha kunlab tekshirishi qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Yetkazilayotgan zararni kim qoplab beradi?” - dedi Rahmat Ko‘ralov.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas’ul xodimi Turg‘un Po‘latovdan telefon orqali izoh oldik. Uning aytishicha, postda YPX xodimlari material qilib, departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limiga o‘tkazgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Agar tadbirkorlar mahsulot sifati buzilishidan xavotir olsa, bizga xat bilan chiqishsin. Zaruratga qarab kerakli hujjatlarni taqdim etishsa, tezroq qaror chiqarib berishadi”, - deydi Turg‘un Po‘latov.
“Umakay” posti mas’uli Abdushukur Shodiyevdan ham vaziyat bo‘yicha izoh oldik. YPX mas’ulining aytishicha, Qashqadaryo viloyatidan chiqib ketayotgan har qanday chigit to‘xtatilib, uning qonuniy olib ketilayotganini tekshirish uchun departamentga yuborilmoqda. Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan xarid qilingan chigit “Umakay”da ushlab qolinmayapti.
“Chigitning qonuniy ekanligiga oid hujjatlar departament tomonidan tekshirilmoqda. Agar hammasi qonuniy bo‘lsa, mashinalarni bir daqiqa ham ushlab o‘tirmaymiz”, - dedi post rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvarida ham aynan ushbu postda kattaqo‘rg‘onlik tadbirkor xarid qilgan 100 tonna chigit viloyat hokimligi topshirig‘iga ko‘ra ushlab qolingani aytilgandi. Masalaga Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, senator Gavhar Alimova ham aralashib, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovdan chigitni qo‘yib yuborishni iltimos qilgandi.
Yomg‘ir tagida chiriyotgan chigit voqeasi bo‘yicha Kun.uz reportaji ham e’lon qilingandi.
Chigit to‘xtatib qolinganidan o‘n kun o‘tib, texnik chigit o‘rniga urug‘lik chigit berib yuborilgani aytilgandi. Yomg‘ir tagida qolgan mahsulot esa boshqasiga almashtirib berilgandi.
Ayni paytda “Umakay” postida “PAXTAKOR SIFAT YOG‘” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan tashqari, boshqa tadbirkorlarga tegishli chigit ortilgan bir nechta yuk mashinasi ham ushlab turilibdi. Negadir ikki huquq-tartibot idoralari – prokuraturani ham, IIBni ham tadbirkorlarning faoliyati, mahsulot taqdiri qiziqtirmayapti.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
Mavzuga oid

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

18:04 / 06.11.2024