UzAuto Motors 2022 yilning 22 fevral kunidan «Malibu 2» avtomobilini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qilişni töxtatdi.

Kun.uz muxbiri boğlangan kompaniya rasmiy vakilining sözlariga köra, bu vaqtinçalik holat. Mart oyidan boşlab uşbu rusumdagi avtomobillar uçun şartnoma tuziş yana qayta tiklanişi mumkin, ammo aniq muddat böyiça ma’lumot berilmagan.

«Bu modeldagi avtomobillar uçun xorijdan uskunalar keladi va biz ularni yiğib, mijozlarga yetkazib beramiz. Bunda özining belgilangan miqdori böladi va bu miqdor böyiça şartnomalar töliq tuzib bölingan.

Keyingi yiğiladigan avtomobillar soni aniq bölgandan keyin şartnomalar qabul qilişni yana boşlaymiz. Bu qaçon boşlanişi böyiça aniq ma’lumot yöq. Mart oyida oçilib qoliş ehtimoli bor», degan kompaniya xodimi.

Şuningdek, «Malibu 2»ning narxi oşirilişi mumkinligi haqidagi miş-mişlarga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, UzAuto Motors yarimötkazgiçlar yetişmovçiligini sabab sifatida keltirib, 2021 yilning 20 dekabridan 2022 yilning 1 fevraligaça Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalarni qabul qilişni töxtatgandi. Ammo 1 fevraldan bu jarayon qayta tiklanmadi.