Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvda ommaviy axborot vositalari haqida töxtalib ötdi.
“Men har safar ommaviy axborot vositalari töğrisida gapiraman. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, menga ular yoqadi. Nimaga? Ular ham zamon bilan birga, Özbekiston bilan birga özgaryapti. Ular ham zamonga munosib bölib, adolat nuqtayi nazaridan maqolalar çiqaryapti, adolat nuqtayi nazaridan borib hokimlarga savol beryapti.
Hokimlar 5 yil oldin OAVdan yiroq edi. Bizda umuman bunaqa muhit yöq edi. Muloqot yöq edi. Muloqot bölmagandan keyin özgariş bölmaydi, kelajakka intiliş bölmaydi, adolat bölmaydi, hamma narsa ura-ura bölib, yopiq qozon bölib qolib ketaveradi. Hozir yopiq emas, hamma narsa oçiq.
Odamlar bila oçiq siyosat yurgizişni davom ettirişimiz kerak. Endi emin-erkin yaşaş deyapmizmi, odamlarga erkin munosabat qiliş... Odamlar oçiq siyosatga örgandi endi. Bunaqa jamiyat oson emas, lekin şu bilan birga, madaniyatimiz ham, bilimimiz ham [oşyapti], ommaviy axborot vositalariyam örganyapti, biz ham hayotga munosib bölyapmiz”, –dedi prezident 16 oktyabr kuni Yuqori Çirçiq tumanidagi uçraşuvda.

















