Kontraktni sun’iy uşlab turiş ta’lim sifatini tuşiradimi? Mutaxassislar bilan suhbat
|19:50 / 12.09.202358 5759 min
Özbekistonda bu yil ham talabalarning tölov-kontraktlari miqdori oşirilmaydigan böldi. Kun.uz bu tendensiyadan xavotir bildirayotgan va OTMlarning davlatdan mustaqilligini oşirişga çaqirayotgan jamoatçilik faollari – iqtisodçi Otabek Bakirov va huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev bilan suhbatlaşib, bu boradagi mulohazalarini kengroq bayon etişni söradi.
— Tölov-kontrakt miqdorlari oxirgi marta qaçon oşirilgan edi?
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: 2005 yillardan bu yoğini bir tahlil qilsak, kontrakt narxlari tartibsiz özgargan, aynan bir qonun-qoidasi yöq. 2007 yilda Yuridik universitetda kontrakt birdaniga 2 barobar oşirilganini yaxşi eslayman. 2019 yilda kontraktlar ilk marta eng kam oylik iş haqiga boğlandi, şunga mutanosib tarzda oşiriladi, deyildi. Va öşa yili kontraktlar 18 foizga oşirildi, ammo iş haqi 10 foizga oşgan edi va köpçilik şu miqdorni kutgandi. Rosa töpolon bölgandi. 2020 yilda özgarmadi, darslar onlayn bölgani uçun çegirma ham qilindi. 2021 yilda esa 10 foizga oşdi va vaksina olganlarga 10 foiz çegirma ham berişdi. Şundan keyin miqdor oşgani yöq.
2019 yilda pedagogika yönalişlarida kontrakt 5 mln 900 ming atrofida bölgan bölsa, hozirda 6 mln 400 mingdan ziyodroq. Farq –500 ming söm atrofida.
— Otabek aka, siz har qanday sohada narxlarni sun’iy tuşirib turiş salbiy oqibatlarga olib kelişini aytib kelasiz. Kontrakt narxlarining uşlab turilişi ham şunday oqibatlar keltirib çiqaradimi? Va bular qanday oqibatlar bölişi mumkin?
Otabek Bakirov
Otabek Bakirov: Narxlar sun’iy uşlab turilişi deyişdan oldin aniqlik kiritib ötiş kerak. Men oliy ta’limda körsatiladigan xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinişi kerak bölgan xizmatlar qatoriga qöşmayman. Oliy ta’limga töliq bozor qonuniyatlarida işlaşi mumkin bölgan bozor segmenti deb qaralişi kerak. Oliy ta’limni rivojlantiriş strategiyasida ham davlat OTMlariga moliyaviy erkinlik berilişi közda tutilgan edi. Şuning uçun ham OTM kontraktini davlat tartibga solmasligi kerak deb bilaman. Ammo oxirgi 20-22 yilda şakllangan konsensusga köra, oliy ta’lim yuqori darajada davlat tomonidan tartibga solinyapti.
Bozordagi narxlar, talab va takliflarga qaralmasdan, uzoq vaqt narx uşlab turilişi öşa sohada salbiy holatlarni keltirib çiqaradi. Bu faqat oliy ta’lim bilan boğliqmas, barça sohada şunday. Deylik, jamoat transporti narxi uzoq vaqt uşlab turilsa, sifat pastlaydi yoki şaharda umuman jamoat transporti qolmaydi.
Mavzuga oid
Oliy ta’limdagi asosiy xarajatlardan biri – iş haqi. Öqituvçi-professorlar, xodimlarni moddiy ta’minlaş muammoli bölib qoladi. Moliyaviy erkinlik berilganlarida ham şunday böladi. Oliy ta’limda ikkinçi közga körinmaydigan muammolarga duç kelamiz. Universitetlar faqat kadr yetiştirmaydi, ularda ilmiy izlanişlar, yangiliklar bölişi kerak. E’tibor bersak, ilm bilan şuğullanişni istagan yoşlar Özbekiston universitetlarida qolişni ma’qul körmayapti, çet elga ketişyapti. Şu turişda ketadigan bölsak, universitetlarning ilmiy markaz sifatidagi qiyofasi yöqoladi. Şuning uçun masalaga atrofliça qaraş kerak, bugungi kun masalasini emas, kelajakni ham köriş kerak.
Talabalar uçun kontrakt oşmagani yaxşi va ular haq. Lekin tarozining ikkinçi pallasida moddiy masalalar, ilm-fan kelajagi ham bor. Davlat OTMlarining moliyaviy ahvoli haqida oçiq ma’lumotlarga ega bölganimizda, yanada aniqroq fikrlar ayta olgan bölardik.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: Bir narsa köpçilikni çalğitadi. Ya’ni yil yakunlarida OTMning qança foyda, qança zarar bilan çiqqani aytiladi. Foydaga çiqqanlarida katta summa körsatiladi, bular asosan super kontraktlar hisobiga bölyapti. Bozor talab qilayotgan moddiy imkoniyat superkontraktçilar hisobidan qoplanyapti. Xöp, OTMda şunça joy bor ekan, öqita olar ekan, nega öşalarni arzonroq, lekin bozor talabidagi narxda öqitmayapti? Bunaqa narx uşlab turiş ortidan butunlay notöğri yölga kirib ketdik. OTMning xarajati va foydasi uçma-uç bölib qolyapti, foyda yöq. Davlatdan pul söralsa, qança sarflayapsan, deydi, 10 söm desa, talabadan 6 söm olyapsan, qolgan 4 sömni beraman, deydi. Foyda yöq, bunda qanday rivojlanadi? Biz havas qiladigan, andoza olişga urinayotgan top universitetlar ham foyda evaziga rivojlangan.
Yana bir narsa. Ğarbdagi universitetlarning asosiy daromadi kontraktdan emas, ilmdan böladi. Ilmdan foyda köradigan darajaga çiqiş uçun esa sarmoya kiritiş kerak, bizning muammo ayni şu yerda. Bizning universitetlarda mablağ yöq, natijada ular bir nuqtadan siljimayapti. Rivojlangan universitetlar talaba kontraktiga qarab qolmagan. Superkontraktlarga qaram bölib qoldik, ular bölmasa, pul ham yöq.
Otabek Bakirov: Notöğri rağbat va notöğri signallar mavjud. Universitetlar yuqori körsatkiçli talabalar uçun emas, pastroq natijali talabalar uçun raqobat qilyapti, çunki ular köproq daromad keltiradi. Öqişga kiriş oson, bitiriş qiyin bölsin, degan prinsip ilgari surilyapti, lekin OTM superkontraktlarga qaram bölib boryapti. Bu esa oliy ta’limga investitsiyani kamaytiradi.
Bizda 1 mln 200 ming talabani qamrab olgan katta oliy ta’lim bozori bor. Bu tarzda sun’iy narxni uşlab turiş investorlar uçun notöğri signal böladi.
Davlat OTMdagi professor-öqituvçilar xususiy sektorga öta boşlaydi. Nosoğlom raqobat yuzaga keladi. Rivojlaniş tizimini izdan çiqarib yubordi bu.
— Tibbiyot oliygohlarida superkontraktni yöqotiş kerakligi aytib kelinadi. Lekin ularda şu mablağga qaramlik borligini aytgansiz. Şu haqida ham gaplaşsak.
Otabek Bakirov: Cifatga ta’sir qilişi tibbiyot oliygohlarida yaqqol körinib qolyapti. Lekin bu barça sohalarga taalluqli. Oliy ta’lim vazirligi 3 yildan beri bu narsa bekor qilinadi, vaqtinçalik, faqat OTM moddiy-texnik bazasini yaxşilaş uçun, deydi. Soğliqni saqlaş vazirligi ham köp takrorladi, lekin bu xohişlar amaliyotga köçmayapti. Çunki özimizni özimiz garovga olib, qopqonga tuşirib qöyganmiz. Şu tarzda işlar ketaversa, bu qopqondan yaqin orada çiqib bölmaydi.
— Narxlarning sun’iy uşlab turilişi eng avvalo professor-öqituvçilar maoşi, rağbatlantirilişiga ta’sir körsatişi aytilyapti. Davlat OTMlarida kontrakt va öqituvçilar maoşi örtasida qandya boğliqlik bor?
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: OTMning xarajatlari va daromadi bor, asosiy xarajat – oylik maoşlar. Ayniqsa, yaxşi professor-öqituvçilarni uşlab turiş qiyin, şuning uçun köp haq tölanadi ularga. 30 mln sömgaça maoş oladigan professorlar bor. Oxirgi yillarda xususiy universitetlar raqobat qila boşladi. Şaxsan özim taniydigan eng yaxşi professor-öqituvçilar xususiy universitetlarga ötib ketgan. Ilm bilan şuğullanişga imkoniyat bor, byurokratiya yöq.
Eng katta xarajat oylik maoşlar bölib, eng katta daromad kontraktlardan bölgandan keyin, albatta, bir-biriga boğliq. Kontraktlardan tuşgan mablağ oylik maoşga yönaltiriladi. Talabalar 4 yildan beri bir xil summa tölayaptimi, öqituvçining ham oyligi oşmaydi. Inflatsiya, narx-navo masalasi bor. Talaba uçun yaxşi, lekin öqituvçiga yomon.
— Otabek aka, tarmoqdagi sahifangizda yana bir argumentni ilgari surgansiz, ya’ni kontrakt oşmagani uçun stipendiyalar ham oşmayapti. Natijada, talabalar oladigan stipendiya minimal iste’mol xarajatlaridan ham past bölib qoldi. Şu fikrlarni aniqroq tuşuntirsangiz.
— Adaşmasam, oxirgi marta 2021 yilda stipendiyalar oşdi. Stipendiyali kontrakt misolida oladigan bölsak, öqituvçilar oyligidan keyingi örindagi xarajat stipendiyalar böladi. Stipendiya oşişi oliy ta’limdagi xarajatlarni oşiradi, bu esa kontraktlarni oşiradi, ular bir-biriga uzviy boğliq. 2023 yilda minimal iste’mol xarajatlari 568 ming deb e’lon qilingan bölsa, talabalar stipendiyasi 518 ming söm atrofida va minimal iste’mol xarajatlaridan kam bölib qolyapti. Qilingan notöğri harakatlarimiz natijasida talabalarimizni ham kambağallar safiga qöşib qöydik. Talaba faqat stipendiya hisobiga yaşamaydi-ku, degan argument – juda zaif argument. Agar biz kambağallikka qarşi siyosatimizni uzviy davom ettirmoqçi bölsak, uning içida talabalar stipendiyasi ham turişi kerak.
Universitetlarning moliyaviy mustaqilligi kamayib borişi, mustaqil tijoriy qarorlar qabul qilmaslik yölidan yurişi ularni davlat organlariga qaram qilib boradi. Davlat organlari uçun esa ta’lim sifatidan köra nazorat va şakl ahamiyatliroq. Bu esa öz-özidan forma, davomat kabilarni yuqori darajaga kötaradi. OTM qaysidir davlat idorasiga qaram bölsa, öşa idoraning aralaşuvi bölaveradi.