Töxtaş çiziqlari aniq körinmaydigan çorrahalardagi qoidabuzarliklar kamera orqali qayd etilayotgan bölsada, hozirça, qoida buzgani aniqlangan transport vositalari egalariga nisbatan ma'muriy jarima soliş çorasi qöllanilmaydi. Çorrahalarda Yöl harakati qoidalarida belgilangan tartibda çiziqlar çizilganidan söng, kameralar qayd etgan qoidalar böyiça jarima soliş qarori qabul qilinadi.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmatidagi Kun.uz manbasi ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, Toşkentda köplab çorrahalarda kameralar işlamoqda. Ular qoidabuzarliklarni qayd etmoqda. Biroq, Yöl harakati qoidasiga muvofiq, çiziqlar mavjud bölmagan çorrahalarda qoidabuzarlik qayd etilgan taqdirda ham jarima solinmaydi.
Şu örinda eslatib ötmoqçimiz, haydovçi Yöl harakati qoidalarining 41-bandiga muvofiq, çorrahada piyodalar ötiş qismiga yetmasdan (bu kamida 5 metrlar) töxtaşi kerak.

















