Jahon | 16:55 / 17.03.2018
11255
1 daqiqa o‘qiladi

British Council’ning Rossiyadagi faoliyati to‘xtatilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyada Britaniya Kengashi (British Council)ning faoliyati to‘xtatilmoqda, bu uning tartibga solinmagan maqomi tufayli ro‘y beryapti. Bu haqda Rossiya TIV saytida xabar berilgan.

«Britaniya Kengashining Rossiya Federatsiyasidagi faoliyati uning tartibga solinmagan maqomi tufayli to‘xtatilmoqda», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Rossiya britaniyalik 23 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborayotgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bo‘lgan diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha javob choralari haqidagi va'dasini izohlab, unga «ovozni o‘chirishni» maslahat bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid