Özbekistonda uçta quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça tender ğoliblari e’lon qilingandi. Xususan, Xitoyning GD Power – Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha böyiça ğolib deb topildi. Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, uşbu quyoş fotoelektr stansiyasi uçun berilgan taklif qayta körib çiqiladi.

«Haqiqatan ham, Namangan viloyatida 150 MVt quvvatli loyiha uçun GD Power – Powerchina konsorsiumi (Xitoy) kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQŞ sentida yetkazib beriş taklifi qimmat hisoblanadi.

Şu munosabat bilan Energetika vazirligi uşbu loyiha böyiça tarifni optimallaştiriş yuzasidan qöşimça muzokaralar ötkazilişini ma’lum qiladi.

Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, mazkur loyihani amalga oşirişda elektr energiyasi tarifini kamaytiriş çoralari köriladi va stansiyaning qurilişida xavfsizlik tomonlariga alohida e’tibor beriladi», - deyiladi rasmiy munosabatda.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, 15 dekabr kuni e’lon qilingan tender natijalari avvalgilari bilan soliştirilganda, sezilarli darajada qimmatlaşgan.

«Namanganda quvvati 150 MVt bölgan quyoş stansiyasi quriş böyiça Xitoyning GD Power – Powerchina kompaniyasining har bir kilovatt-soat elektrni 4,828 sentdan (yoki bugungi narxlarda 543 söm) yetkazib beriş böyiça taklifi ğolib bölgan.

Afsuski, boşqa yirik talabgor Abu Dhabi Future Energy Company– Masdar uşbu lotda taklif kiritmagan. Turkiyaning Alarko Holding AS  kompaniyasi esa yutiş niyati bölmagan şekilli, 6,08 sentlik taklif bergan. Alarko Holding ASʼning boşqa, Xorazmdagi stansiyani quriş loti böyiça ham taklifi (5,188 sent) iqtisodiy mantiqdan uzoq.

Xorazmdagi 100 MVt bölgan quyoş stansiyasi quriş böyiça Fransiyaning Voltalia kompaniyasi har bir kilovatt-soat elektrni 2,888 sentdan yetkaziş taklifi bilan ğolib bölgan.

Soliştiriş uçun, ötgan yillarda Abu Dhabi Future Energy Company– Masdar Xorazm, Samarqand va Jizzaxdagi stansiyalar böyiça 2,68 sentdan taklif berib ğolib bölgan.