Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmonlari bilan:
Vladimir Imamoviç Norov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri lavozimidan ozod etildi;

Baxtiyor Odiloviç Saidov Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uçun, joriy yil aprel oyi oxirlarida ham Özbekiston prezidenti tegişli farmonlari bilan Taşqi işlar vazirligida özgarişlar amalga oşirilgandi. Xususan, Özbekiston taşqi işlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlanib, uning örnini Vladimir Norov egallagandi.
Yangi Taşqi işlar vaziri v.b Baxtiyor Saidov 1981 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 2016 yil yanvaridan «Özbekengilsanoat» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari — boş menejyeri bölgan.
2017 yil iyulida Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari etib tayinlangan. U 2018 yil aprelidan Möğuliston, 2019 yil iyulidan Filippindagi (qarorgohi Pekinda joylaşgan) elçi vazifasini ham bajarib kelgan.
2021 yilning noyabr oyidan buyon esa Xalq ta’limi vaziri sifatida işlab kelayotgan edi.
















