BMT sudining bu qarori, Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarşi Falastin xalqini genotsid qiliş ayblovini körib çiqiş doirasida, yil boşidan beri qabul qilingan uçinçi oraliq sud buyruği böldi.
15 nafar sudyalar hay’atidan iborat Xalqaro sudning qarorlari BMTga a’zo barça davlatlar uçun bajarilişi majburiy hisoblanadi, lekin xalqaro huquqda sud qarorlarini ijroga qaratiş imkoniyatlari yöq.
Xalqaro sudning 24 may kungi qaroriga köra, Isroil:
- Rafahdagi harbiy operatsiyani töxtatişi;
- katta miqdorda insonparvarlik yordamlari kirib kelişi uçun Rafahda Misr bilan çegara ötkaziş punktini oçişi;
- faktlarni örganiş uçun Ğazoga tergovçilar va missiyalarning kirib borişiga imkon berişi;
- 1 oy muddat içida bu çoralarning amalga oşirilişi borasida sudga hisobot berişi kerak.
Juma kungi qarorni öqib eşittirgan sud raisi Navof Salomning sözlariga köra, sudning avvalgi, mart oyidagi qarori Falastinning qamalda qolgan anklavidagi holatga tölaqonli mos kelmay qolgan va joriy vaziyat yangi şoşilinç çora körişni taqozo qilgan.
Navof Salom Rafahdagi gumanitar vaziyatni “halokatli” deb atadi.
Isroilning HAMAS hujumiga javoban yarim yildan buyon olib borayotgan Ğazodagi uruşi davomida hudud aholisi sektor janubiga, Misr bilan çegarada joylaşgan Rafahga köçişga majbur qilingan. Xalqaro sud raisi 800 ming falastinlik öz uyini taşlab çiqqanini aytarkan, ularning xavfsizligi va insonparvarlik yordamlari kirib kelişi imkoniyati ta’minlangani haqidagi Isroilning gaplariga işonmasligini ta’kidladi.
Bu işda da’vogar taraf – Janubiy Afrika Respublika yuristlari ötgan hafta suddan şoşilinç çoralar körişni söragan, falastinliklarning omon qolişi uçun Isroilning Rafahga hujumi töxtatilişi şartligini bildirgan edi.
JAR tomoni sudning juma kungi qarori “katta yutuq” bölganini bildirdi. Respublika endilikda bu qaror yuzasidan BMT Xavfsizlik kengaşiga murojaat qilmoqçi.


















