Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasiga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etiladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning Stavropol o‘lkasidagi "Nejinskoye" aksiyadorlik jamiyati rahbari Yevgeniy Kolomitsev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda qonuniy migratsiyani tashkil etish, ushbu tashkilotda ishlayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek tomoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
"Nejinskoye" AJ rahbarining aytishicha, tashkilot qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanadi. Issiqxonalarda bodring va pomidor mahsulotlari yetishtiriladi. Bugungi kunda jamiyatda 100 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Shundan 30 nafarini o‘zbekistonliklar tashkil etadi. U korxona faoliyati, xorijiy ishchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, oylik maoshlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Yevgeniy Kolomitsev, shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish hajmi oshayotganligi sababli 50 nafar O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyati mavjudligini bildirdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida xorijiy korxona rahbari bilan muhokama qilingan masalalar va bildirilgan takliflarni amaliy amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:35 / 05.11.2024
Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi
09:50 / 05.11.2024
Rossiya KXDRga harbiy yordam uchun 600 000 tonna guruch taklif qilmoqda
09:30 / 05.11.2024
Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi
01:01 / 05.11.2024