Kun.uz Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatidan olgan ma’lumotga köra, voqea keça, 5 may kuni Qamaşi tumanidagi Çim dehqon bozorida sodir bölgan.
“2023 yil 5 may kuni Qamaşi tumani Çim dehqon bozorida bir nafar fuqaro yelkasiga Özbekiston Respublikasi bayroğini taqib yurgani bozorda xizmat ötayotgan Qamaşi tumani IIB JXX HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan.
Fuqaro töxtatilib, Özbekiston Respublikasining “Davlat ramzlari töğrisida”gi qonun talablariga köra bayroqni bunday olib yuriş mumkin emasligini, uni yeçib qöyib davlat ramzlariga hurmatsizlik qilmasligini tuşuntirganida, fuqaro IIB xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan, qarşilik körsatgan.
Natijada belgilangan tartibda Qamaşi tumanida yaşovçi fuqaro R.I. bilan profilaktik suhbat ötkazilgan”, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotida.
Holat yuzasidan fuqaroga MJtKning “tegişli moddalari”ga köra hujjatlar rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar qonuniy töxtamga keliş uçun jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudiga yuborilgan.
Şu örinda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ba’zi savollar kelib çiqmoqda.
Bir tomondan, ular qonun böyiça harakat qilgan. Çunki 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining davlat bayroği haqida”gi qonunning 5-2-moddasida şunday deyilgan:
“Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining elementlarini nodavlat taşkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilişiga yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan işlab çiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) ötkaziş uçun tijorat maqsadlarida foydalaniş mumkin emas.
Nodavlat notijorat taşkilotlarining ramzlari Özbekiston Respublikasining Davlat bayroğiga öxşaş bölişi mumkin emas”.
Lekin har yili 25 may kuni maktablarda sönggi qönğiroq çalinadigan kun yaqinlaşganda butun mamlakat böylab bozorlarda Özbekiston bayroği ramziga “Bitiruvçi” deb yozilgan lenta savdosi avj oladi. Bunday lentalarni sönggi qönğiroq kuni minglab maktab bitiruvçilari taqib yuradi. Balki qayerlardadir bunday lentalar oyoq ostiga ham taşlanib ketar. Lekin bu holatda lenta işlab çiqaruvçilarga ham, bitiruvçi yoşlarga ham javobgarlik qöllaş masalasi körilmaydi, şunday ekan, bu norma nega qamaşilik yigitga kelganda işlab ketdi?

















