Bakalavriat ta'lim yönalişlariga kirişda test topşiriladigan fanlar majmuasi 2019 yil 19 dekabrda tasdiqlangan edi.

Uzoq kutilgan qarordagi asosiy yangilik majburiy fanlar blokining kiritilişi bilan boğliq. 2020/2021 öquv yili qabulidan boşlab, test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi ikki qismga – majburiy va ta'lim yönalişiga mos fanlarga ajratiladi.

Kun.uz ta'lim yönalişiga mos fanlar yuzasidan abituriyent va öqituvçilardan tuşayotgan murojaatlarga asosan, Davlat test markazi bilan boğlanib, asosiy özgarişlarga aniqlik kiritdi.

1. Özbek filologiyasi yönalişida ikkinçi fan – çet tili

Yangi tasdiqlangan fanlar majmuasida «5120112: Filologiya va tillarni öqitiş (tillar böyiça)» yönalişi böyiça ona tili va adabiyot hamda çet tili fanlaridan imtihon olinişi belgilangan.

«Biroq negadir röyxatda 2019-2020 öquv yili uçun fanlar majmuasida körsatilgan «5120101: Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili» yönalişi va unga qaysi fanlardan imtihon olinişi körsatilmagan.

Şu sababli özbek filologiyasi yönalişida öqişni xohlagan abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topşirişni bilişmayapti. Ona tili va adabiyotdan taşqari ikkinçi fan tarixmi yoki çet tili?» – deb yozadi samarqandlik öqituvçi Samgin Qurbonov.

DTM matbuot xizmati ma'lumotiga köra, «5120112: Filologiya va tillarni öqitiş» ta'lim yönalişlarining barçasida yönalişga mos fanlar sifatida ona tili va adabiyot hamda çet tili fanlari tasdiqlangan.

Nafaqat «Filologiya va tillarni öqitiş», balki «Xorijiy til va adabiyoti», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kabi ta'lim yönalişlarining barçasi tillar böyiça bitta guruhga birlaştirilgan.

2. Tarix yönalişida ikkinçi fan – geografiya

Bu yil tarix yönalişlari uçun tarix va geografiya