Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 öquv yili qabulidan respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga mos test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, test topşiriqlari soni hamda baholaş mezonlari tasdiqlandi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, 2020/2021 öquv yili qabulidan test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi ikki bölimga ajratiladi:

Birinçi bölimga – barça test topşiruvçilar uçun majburiy uçta fan – ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanlari kiritiladi. 

Mazkur uçala fandan 15 tadan jami 45 ta test topşiriği beriladi. Har bir töğri javobga 2,1 ball beriladi, maksimal ball – 94,5 ball.

Ikkinçi bölimga – abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yönalişlariga mos ikkita fan kiritiladi. 

Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir töğri javob 3,1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball – 186 ball.

Keyingi öquv yili qabulida abituriyentga 5 ta fan böyiça jami 105 ta test topşiriği beriladi.  Töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 280,5 ball.