Özbekistondagi sement zavodlarining egasi tez-tez özgarişi jamoatçilik uçun yangilik emas. Bugungi kunga kelib esa eng yirik 4ta zavodni Kiprda röyxatdan ötgan kompaniyalar nazorat qilmoqda. Xususan, «Qizilqumsement», «Quvasoysement» va «Bekobodsement» United Cement Group kompaniyasi ixtiyoriga ötgan. Bir tarmoqda faoliyat olib boruvçi yirik zavodlarning yagona kompaniya tomonidan nazorat qilinişi esa içki raqobat muhitiga jiddiy ta’sir ötkazişi mumkin. Umuman, sement zavodlarining xususiylaştirilişi qanday keçgan?

«Ohangaronsement» AJ

«Ohangaronsement» mustaqillikdan keyingi davrda eng köp egasi özgargan zavodlardan biri hisoblanadi. Zavod 1961 yilda işga tuşirilgan bölib, dastlab 1994 yilda xususiylaştirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida korxonaning asosiy egasi Zeromax kompaniyasi bölgan. 2006 yilda esa EUROCEMENT Holding AG 75,5 foiz aksiyalarni sotib olgan holda zavodning asosiy aksiyadoriga aylangan.

Ammo 2021 yilning may oyida EUROCEMENT Holding AG ham zavodni sotuvga qöydi. Bunga kompaniyaning qarzlari sabab bölgan bölişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda EUROCEMENT Holding AG özi ham Rossiyaning Sberbanki tomonidan sotuvga qöyilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Şundan söng, 2021 yil mayida Lamanka Enterprises LTD kompaniyasi «Ohangaronsement» AJning 84,19 foiz uluşini xarid qildi. Bitim narxi 557,68 mlrd sömni taşkil qilgan.

Ayni paytda zavodning huquqiy egasi aynan 2018 yil 15 noyabrda Kiprda röyxatga olingan Lamanka Enterprises LTD kompaniyasi hisoblanadi.

Ma’lumot uçun, «Ohangaronsement»ning sof foydasi 2019 yilda 179,8 milliard sömni, 2020 yilning dastlabki 9 oyida 187,1 milliard sömni taşkil qilgan. Kompaniya 2021 yilning birinçi çoragida 24,8 mlrd söm sof foyda körgan. 

Telegramʼdagi davletovuz kanalining e’tibor qaratişiça