22 may kuni çiqarilgan hukm bilan, ayblanuvçi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan, deb topildi va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lum qilinişiça, sud hukmida jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar qoplanişi ham körsatilgan.

Toşkent şahar sudlari matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, firibgarlar tomonidan 2022 yilning 10 yanvar kuni tuzilgan MÇJ Toşkentda taniqli blogerlari yordamida reklama qilinadi. Ular “aholining diniy e’tiqodga nisbatan bölgan işonçidan ğarazli maqsadlari yölida” foydalangan.

Masalan, 40 iş kun mobaynida turli rusumdagi maşinalarning boşlanğiç 30-50%gaça tölov evaziga 2-5 yilgaça muddatda, yiliga 10% ustama haqqi bilan çiqarib berişni va’da qilişgan. Yoki Toşkent va şahar atrofida uy-joylarni boşlanğiç 30 dan 50% gaça, muddati 2-10 yilgaça, yiliga 12-13% ustama haqqi bilan olib berişni va’da qilişgan.

Bunday jozibador va’dalar bilan 200 dan ortiq fuqarolardan 15 milliard söm miqdorida boşlanğiç tölovlarni olgan MÇJ rahbarlari hisob raqamiga tuşgan pullarni naqdlaştirib, öz manfaatlari yölida işlatib yuborgan.

Taşkilot egalaridan biri çet elga qoçib ketgan. Qolganlariga nisbatan iş alohida yurituvga ajratilgan bölib, ulardan biri, yuqorida ta’kidlanganidek, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib ötamiz, «Rayyona Qutlug‘» MÇJ mansabdorlariga jinoyat işi oçilgani haqida Toşkent şahar IIBB 2022 yil avgust oyida xabar qilgan edi.

Dastlab korxona mansabdorlari fuqarolar tomonidan boşlanğiç tölov sifatida tölangan 2 milliard sömdan ortiq miqdordagi pullarni noqonuniy ravişda özlaştirib yuborgani ma’lum bölgan.

Keyinroq, dastlabki tergov harakatlari davomida kompaniya mijozlar bilan 310 ta avtomobil, 52 ta uy olib beriş böyiça şartnoma tuzgani, şundan 42 ta transport vositasi, 7 ta uy egalariga topşirilgani ma’lum qilingan edi.