«Ikki yildan keyin hamma joyga yosh, vatanni sevgan kadrlar keladi» - Prezident

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Videoselektor davomida prezident o‘tgan hafta televideniyeda yoritilgan, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh shahridagi vaziyatga e'tibor qaratdi.
«Kun» muxbiri xabar berishicha, prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Muso Yerniyozov hamda Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevni keskin tanqid qilib, ogohlantirdi.
«Ishlamaganlar ketadi. Ikki yil chidanglar, ikki yil o‘zlaringni qiynanglar. Ikki yildan keyin bari joy joyiga tushadi.
Ikki yildan keyin yosh yigitlar keladi. Zabardast, fidoyi, muhimi vatanni sevadigan bolalar! Mana, hozir yoshlar kelayapti. 25 yosh bo‘lsayam vazir qilaman! Vatanni sevsa, bo‘ldi! O‘rgataman ularni! Sizlarga esa shuncha selektordan keyin ham o‘rganmayapsizlar. (jimlik)
Oqqo‘rg‘ondagi ahvolni ko‘rdim, dardini eshitdim. Uyqu keladimi ko‘zga? Soat ikki edi...
Yoki Taxiatoshda gapirgan ayolning ahvolidan ko‘zga yosh keladi. Bu O‘zbekistonda bo‘layotganiga ishonib bo‘lmaydi.
Janob Erniyozov esa, «Bu meniki emas ekan, «O‘zbekenergo»niki ekan», deb o‘zlarini xursand qilayapti. Go‘yoki, Taxiatoshdagi muammolar unga taalluqli emas.
Bu faqat ikki holat. Hamma viloyatga taalluqli bu. Hammaning oyog‘i yerdan uzilgan, buni juda yaxshi bilaman. Eplolmaysanmi, ket unda, vijdoning bo‘lsa.
Axir odamlar kundalik ehtiyoj bo‘lgan ichimlik suvi yoki yashash uchun boshpanaga zor bo‘lib o‘tiribdi», degan prezident.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda prezident 23 yoshli Alisher Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar, 25 yoshli Olim To‘ychiyevni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktoriga o‘rinbosar etib tayinlagandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi
Jahon | 20:06
-
Rossiya armiyasiga yollangan mingdan ortiq o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi
Jahon | 19:55
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

21:16 / 29.04.2025
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

19:45 / 29.04.2025
Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi

17:34 / 28.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

18:15 / 27.04.2025