O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari e’lon qilindi
BAAning Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MV, Xitoyning GD Power-Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MV va Fransiyaning Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MV quvvatga ega fotoelektr stansiyalari qurish loyihalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu FESlar 2024 yil oxirigacha qurib, foydalanishga topshiriladi.

Foto: Moliya vazirligi
O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
- Masdar (BAA) kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha 3,044 sent taklif bilan;
- “GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha 4,828 sent taklif bilan;
- Voltalia SA (Fransiya) kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha 2,888 sent narxda yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.
G‘olib bo‘lgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023 yilning 1-choragida imzolash va qurilish ishlarini 2023 yilning 4-choragida boshlash xamda 2024 yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Tadbirda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan xususiy moliyalashtiriladigan va boshqariladigan qayta tiklanuvchi energetika loyihalarini rivojlantirish orqali yashil energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi ekanini qayd etgan.
«Shuningdek, bu mamlakatimizga aholi manfaatlari uchun energiya manbalari narxlarini pasaytirish, qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligini kamaytirish va energiya ishlab chiqarishda atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha umumiy maqsadlarimizga erishishga xizmat qiladi», – degan Mirzamahmudov.
Moliya vaziri Temur Ishmetov avvallari davlat budjeti yoki davlat qarzi hisobiga qurilayotgan elektr stansiyalar so‘nggi yillarda xususiy mablag‘lar hisobiga qurilayotganini aytgan.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida DXSh tamoyillari asosida 14 mlrd dollarlik loyihalarni, jumladan energetika sohasida 3,2 mlrd dollarlik 9ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2023 yilda yana ikkita loyiha – quyosh va shamol stansiyalari bo‘yicha tenderlar yakunlanishi kutilmoqda», – degan Ishmetov.
Avvalroq, Sirdaryo IESda quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ham BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda tinchlikka yangi umid, Turkiya ta’siridan xavotirga tushgan Isroil va Trampdan Putinga so‘nggi muhlat - kun dayjesti
Jahon | 13:28
-
Qurilish sohasida xususiy nazorat tizimi mexanizmlari shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:20
-
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi
Jahon | 13:06
-
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Jahon | 13:03
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi

23:55 / 08.04.2025