Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslarga taksi qilish huquqi yana berilmadi
2021 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilayotgandi. Ammo prezident tegishli farmonida jamoatchilikning ushbu kutilmasi yana tushib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon qabul qilinishidan maqsad iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish hisoblanadi.
Avvalroq, keng jamoatchilik 2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishini kutayotgandi.
Unga muvofiq, o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinishi nazarda tutilgandi.
Moliya vazirigi rasmiy vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ushbu masala ustida ishlar to‘xtab qolmagan. Shuningdek, mobil ilovalar – agregatorlar amal qilmaydigan hududlarda ayrim masalalarni hal etish, xususan agregatorga ulanmay, faoliyat olib borish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Sentabr oyi boshida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘zini-o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ishlanayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi.
Mavzuga oid
09:56 / 24.03.2026
O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
08:03 / 20.03.2026
Infografika: dunyoning yirik shaharlarida taksi narxi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
16:46 / 17.02.2026