Prezident qarori bilan soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Hojiboyev Abduhakim Möminoviç soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev öz faoliyatini xirurglikdan boşlab, sönggi 20 yil davomida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori, Şoşilinç tibbiy yordam vraçlar assotsiatsiyasi raisi, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari va uç bor soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

U 2003 yil «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi» unvoni hamda 2020 yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.

Abduhakim Hojiboyevning örniga soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari etib Inoyatov Amrillo Şodiyeviç tayinlandi.

Amrillo Inoyatov bungaça prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent bundan avval Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida işlagan.

  • Eslatib ötamiz, 2017 yil fevralidan buyon Özbekiston tibbiyotini boşqarib kelgan Alişer Şodmonov Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi.