Vazirlikning sport yönalişidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvçilariga pul tölaş vaqtinça töxtatilgani haqida xabar berildi.

“Biroq axborot xizmati xodimi maqolada asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani bois aholi orasida bu borada tuşunmovçilik paydo bölgan”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Qayd etilişiça, mazkur platforma böyiça joriy yil 10 iyundan 13 sentabrga qadar bir sutka davomida ön ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yoş va undan yuqori yoşdagi Özbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd söm mablağlar tölab berildi.

Şu bilan birga, har oyda har bir tuman (şahar) böyiça eng köp piyoda yurgan şaxsga - 300 ming sömdan, har bir hudud böyiça eng köp piyoda yurgan şaxsga - 500 ming söm, respublika böyiça eng köp piyoda yurgan şaxsga qöşimça ravişda 1 mln söm mablağ foydalanuvçilarning elektron hamyoniga ötkazib berilgan. Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida esa jami 206,7 mln söm mablağ foydalanuvçilar elektron hamyoniga ötkazib berilgan.

“Hozirgi pandemiya davrida aholi orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda unga rioya qiliş juda muhim. Platformaga oid xabarning OAV va aholi orasida bu qadar keng tarqalişi unga bölgan qiziqişning yuqori ekanini va platforma yaratiş qarori qançalik töğri bölganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Şunday ekan, Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni yetkazişda xatolikka yöl qöygani uçun uzr söragan holda, «Soğlom turmuş tarzi» platformasi işlaşda davom etişini ma’lum qiladi. OAV vakillari va aholini çalğituvçi xabar bergan xodimga esa tegişli ogohlantiriş berilganini ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik munosabatida.