“Bugungi kun tartibidagi masala juda muhim. Agar mendan sizga Buxoroning rivojlanişi ma'qulmi, deb sörasangiz aytaman – noma'qul. Viloyatda 2 millionga yaqin aholi bor. Lekin işsizlik, muammolar juda köp. Zamon şiddat bilan özgaryapti, hamma davlat özini öylaydi. Men ham şu mamlakat prezidenti sifatida şu yurtdagi barçaning, millatidan, dinidan qat'i nazar kelajagini öylayman.

Hokimlar xalq oldidagi mening vakilim sifatida köngildagidek işlay olyaptimi? Men 4 yil içida 2 mingta qaror va farmonlar qabul qildim. Bu oldingi yillardan 4 barobar köp. Lekin bitta qaror qabul qiliş juda azob. Menga qarsakbozlikni köpaytiriş kerak emas, nima qilsam xalqim uçun qilaman.

Eng kiçik nabiramizgaça kelajagini ta'minlab berişimiz kerak. Hamma öz farzandi, nabirasini öylaganday öylasa tuşunib yetadi.

Ana şunday murakkab paytda eng katta muammolardan biri bu kadrlar masalasi. Buxoro viloyati yetakçini tanlab olişi ham juda muhim. Çunki yeçimini kutayotgan masalalar juda köp. Buxoro körsatkiçlari bu viloyatning buyuk nomiga munosib emas. Aççiq bölsa-da haqiqat bu.

Viloyatga qarasak yana qişloq xöjaligiga suyanib qolingan. 70 yil tomimizgaça paxta ekdik, lekin manfaat körmadik. Bangladeş degan davlat paxta ekmay qayta işlaş ortidan 30-40 mlrd dollar daromad qildi, biz esa xomaşyo bilan köpi bilan 1,2 mlrd dollar işladik.

Paxtani qayta işlaşni 30 foizdan 70 foizga çiqardik. Qilsak bölar ekan-ku, ayollarni, yoşlarni iş bilan ta'minlasak bölar ekan-ku. Yoşlarimiz keçagi yoşlar emas, ularning talablari, dunyoqaraşi boşqa. 

Botir Komiloviç Zaripov nomzodini Buxoro viloyatiga hokim sifatida tavsiya qilar ekanman, agar sizlarda boşqa tavsiya bölsa, körib çiqişga tayyorman. Balki Zaripov bunday vazifaga tayyor emasdir, lekin unda iştiyoq bor, işlaşga harakat bor. Men uni 3 oydan beri sinayapman. Rozi bölsalaring uni hokim qilib saylaymiz va birgalikda işlaymiz”, – dedi prezident faollarga qarata.

Deputatlar bu nomzodni bir ovozdan qöllab-quvvatladi.