
Bugun, 7 noyabr kuni, Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyat hokimi örinbosarlari, şahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengaşi deputatlari, Senat a'zolari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, viloyat korxona va taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körildi. Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ayni paytga qadar “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlanganligi töğrisidagi prezident farmonini öqib eşittirdi.

Viloyatga yetakçilik qilib kelayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağalçilikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradigan böldi.
Ma'lumot uçun, Botir Zaripov 1969 yil 20 noyabrda Ğijduvon tumanida tuğilgan. 1997 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan. 1997-1998 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bölinmasi Yuridik va jismoniy şaxslarni kreditlaştiriş bölimi boşliği, 1998 yilda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bölinmasi Qorovulbozor filiali qurilişi boşliği, 1998-2005 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bölinmasi Qorovulbozor filiali boşqaruvçisi, 2005-2006 yillarda Markaziy bank Buxoro viloyati Boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari - Inkassatsiya boşqarmasi boşliği bölgan.
U 2006 yilda Markaziy bankning Buxoro viloyati Boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 2006-2008 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Buxoro bölinmasi boşqaruvçisi, 2008-2012 yillarda Markaziy bank Boşqaruvi raisining örinbosari, 2012-2013 yillarda Markaziy bankining Nobank kredit taşkilotlarini nazorat qiliş va tartibga soliş departamenti direktori, 2013-2015 yillarda Markaziy bank Kredit taşkilotlari faoliyatini litsenziyalaş va tartibga soliş departamenti direktori, 2015-2016 yillarda AT “Agrobank” Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2016-2019 yillarda “Özqurilişmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruvi raisi lavozimlarida işlagan.
















