14 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligi tarmoqlarini yanada rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Xalqaro ekspertlarning fikriga köra, pandemiya oqibatida oçarçilikdan qiynalayotgan aholi soni 2 barobarga oşib, 1 milliard 600 millionga yetadi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Mamlakatimizda içki talabni töliq ta'minlaş bilan birga eksportni oşiriş uçun ham katta imkoniyatlar bor. Sönggi uç yilda sohada manfaatdorlikni oşiriş, oddiy qilib aytganda, dehqon va fermerni boy qiliş uçun barça masalalar hal qilib berildi. Endi mutasaddi rahbarlaru mirişkorlar ham hosil va daromadni köpaytiriş uçun yangiça işlaşi zarur.

Bu yil qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uçun katta sinov va keng imkoniyatlar yili böladi. Pandemiya va karantin qança vaqt davom etişidan qat'i nazar, aholining oziq-ovqatga bölgan ehtiyoji kamaymaydi. Şu bois meva-sabzavotçilik va çorvaçilik tarmoqlarida mahsulot yetiştiriş hajmini ikki barobarga oşiriş vazifasi qöyilmoqda.

Yiğilişda meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 55ta tuman, 86ta klaster va 125ta kooperativ bu borada yetakçi bölişi kerakligi ta'kidlandi. Boğ va tokzorlarda qator oralari, takroriy maydonlarning har bir qariçidan samarali foydalanib, 2-3 marta hosil olişni yölga qöyiş zarurligi qayd etildi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Boğdorçilik hamda Uzumçilik agentliklari sabzavot, poliz va boşqa turdagi ekinlar ekilişini taşkil etiş uçun mas'ul etib belgilandi.

Içki işlar vazirligiga karantin qoidalariga amal qilgan holda, qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişini ta'minlaş böyiça topşiriq berildi.

Mahsulot hajmini oşiriş uçun joriy yilda 124 ming gektar oborotdan çiqqan yerlarni töliq özlaştiriş lozim.

Bugungi kunda Baxmal tumanida 3 ming gektar, Qöşrabot tumanida 5 ming gektar, Beşariq tumanida 2 ming gektar oborotdan çiqqan yerda quduqlar qazilib, boğ va tokzorlar barpo qiliş boşlangan. Bunday loyihalarni boşqa hududlarda ham amalga oşiriş, suv çiqarib, lalmi yerlarni özlaştiriş zarurligi ta'kidlandi.