
209 soatdan söng...

Hatay viloyatining ma’muriy markazi Antakya şahrida zilziladan 209 soat ötib er-xotin Fayoz va Fotima qutqarildi. Qutqaruvçilar vayronalar orasidan kelayotgan şovqin orqali operatsiyani boşlaşadi. Qutqaruv operatsiyasida iştirok etgan Rajab Yayla vayronalar orasidan tirik topilayotgan har bir jon ulardagi çarçoqni tarqatib yuborayotganini aytgan.
“Ayol taşqariga çiqarişimizdan oldin uni örab qöyişimizni söradi. Biz uning boşiga römol yopdik va er-xotinni 7 metr tunnel orqali yuqoriga olib çiqdik”, deya hikoya qiladi Rajab Yayla.
212 soatdan söng...

Adiyamandagi turar joy majmuasi vayronalaridan 77 yoşdagi Fotima Gyunğor ismli ayol qutqarilgan. U 7 qavatli binoda yaşagani aytilmoqda.
222 soatdan söng...

Qahramonmaraşdagi Özdemirlar turar joy majmuasida yaşagan Malika Imomöğli 222 soatlik hayot uçun kuraşdan söng omon qoldi. U Bursadan kelgan qutqaruvçilar tomonidan qutqarilgan




















