Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘mning grafik belgisi paydo bo‘lishi mumkin
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mning ramz ko‘rinishidagi belgisi paydo bo‘lishi mumkin. Bu yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni loyihasida nazarda tutilgan.
Xususan, 43-moddada (Pul tizimi) ramz haqida band paydo bo‘lgan: «so‘mning ramz ko‘rinishidagi grafik belgisi Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi». Amaldagi qonunda so‘m ramzi umuman tilga olinmagan.
O‘zbek so‘mida, boshqa valyutalardan farqli ravishda, ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida «so‘m», «sӯm» yoki «sum» qo‘llaniladi, UZS - harf belgisi va 860 - raqam belgisi bor.
MDH hududida grafik ramzlar arman drami ( ), Ukraina grivnasi (₴), Ozarboyjon manati ( ), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rublida (₽) bor, deb yozmoqda Spot.
Mavzuga oid
21:30
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
20:45 / 28.12.2025
2025 yilning III choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni oshdi – Markaziy bank
13:27 / 27.12.2025
O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan tezlashdi – Markaziy bank
15:30 / 25.12.2025